Shavkat Mirziyoyev tojik alyumin zavodiga tashrif buyuradi

769
0

Shavkat Mirziyoyev tojik alyumin zavodiga tashrif buyuradi

Ӯzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rejalashtirayotgan bu galgi tashrifini TALKO – tojik alyuminiy zavodidan boshlaydi.

 27 sentyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida tashkil etilgan Mustaqil Davlatlar Hamdӯstligi (MDH) rahbarlarining navbatdagi yigʻilishida Shavkat Mirziyoyevning ishtirok etishi kutilmoqda.

Tursunzoda shahar hokimiyati sӯzchisi Firӯz Xoliqzodaning xabar berishicha, Mirziyeyov Tojikiston ostonasida ulkan dabdaba bilan, ikki tilda yangragan kuy va qӯshiqlar sadosi ostida kutib olinadi.

“Mirziyeyovning  ushbu safari asosan TALKO bilan bogʻliq bӯlib, bundan tashqari qӯshni davlat rahbari tojik qishloq hӯjaligi va uzumchilik bilan tanishib chiqishi mumkin”- dedi Xoliqzoda.

 Eslatib ӯtish joizki, Ӯzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning mart oyida Dushanbega kelgan edi va ikki rahbar orasida hamkorlikka doir bir necha hujjatlar imzolanib, ikki davlat fuqarolarining viza masʼalasiga yengilliklar kirtilgan edi.

Bu galgi tashrif aynan alyumin zavodidan boshlanishi eʼtiborga molikdir.

Tojik alyumin zavodi Tojikiston va Ӯzbekiston chegarasida joylashgan bӯlib,   Ӯzbekistonning Surxondaryo viloyatiga yaqin masofada qurilgan. Bu korxona bir necha ӯn yillardan buyon faoliyat yutritib kelmoqda.

Alyumin zavodi atrofidagi binolarga razm solgan kishi gӯyo qish fasliga tushib qolgandek sezadi ӯzini.

Aholi istiqomat qilgan binolarning tomlari taxminan 0,5 sm qalinligida oppoq alyumin kukuni bilan qoplangan. U yerlarda ekilgan mevali daraxtlar kurtak yozib, barg chiqardi deguncha, shu zahotiyoq barglari gʻujanak bӯlib, ӯralib qoladi.

Eng achinarlisi zaharli havo aholi genofondiga qattiq taʼsir qilib, majruh farzandlar dunyoga kelishiga sababchi bӯlyapti. Hatto sogʻlom tugʻilgan gӯdaklarda ham keyinchalik turli  surunkali illatlar paydo bӯlishi kuzatilmoqda.

Bugun Tojik va Ӯzbek rahbarlari kelib, alyumin zavodi yutuqlari bilan ӯrtoqlashadi, balki hamkorlikni yanada kuchaytirishga vaʼdalashsa ajab emas. Biroq bu zavod atrofidagi insonlar hayoti va kelajak avlod haqida kim qaygʻuradi?!

Har bir  narsani foyda zarariga qarab ӯlchaydigan, faqat moddiy manfaat ilinjida dunyoni boshqarayotgan kaptalizm sistemasi insonga hatto hayvon kabi muomala qilmaydi.

Yevropa va AQShning kufr olimlari yillar davomida ӯz tadqiqotlarini odatda Afrika aholisida sinab kӯrib kelishgan. Bu narsani maxfiy tarzda, vaktsina qatori yӯlga qӯyishadi. Erishilgan natijaga qarab xulosa chiqarishadi.

Ammo ӯzini musulmon hisoblagan rahbarlarimiz, ӯz fuqarolarini oshkoro halokatga tutishini  qanday izohlash mumkin?

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.