Erdogon Qirgʻizistonni dollardan voz kechishga chaqirdi

842
0

Erdogon Qirgʻizistonni dollardan voz kechishga chaqirdi

Xalqaro savdoda dollar hukmronligiga chek qoʻyish zarur, deya maʼlum qildi Turkiya prezidenti Rajab Erdogon Bishkekka rasmiy tashrifi chogʻida tashkil etilgan qirgʻiz-turk biznes-forumida soʻzlagan nutqida. Bu haqda Kaktus.Media xabar bermoqda.

 Erdogon Turkiya iqtisodiyotiga dollar taʼsiri haqida taʼkidlab oʻtdi va Turkiya oʻz valyutasini foydalanib, Xitoy hamda Rossiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirayotganini qayd etdi. U Qirgʻiziston bilan hamkorlikda ham shunday imkoniyatlarni koʻrib chiqishga chaqirdi.

 Uning soʻzlariga koʻra, savdoni goʻyoki yengillashtirish uchun yaratilgan, dollarga bogʻlangan tizim hozir eng katta muammoga aylandi, savdo urushlari va protektsionizm koʻplab sohalarda yangi strategiyalardan foydalanishga majbur qilmoqda. Valyuta kurslari bilan manipulyatsiya qilishdan koʻzlangan maqsad – kuchli va sogʻlom Turkiya iqtisodiyotidagi shubha paydo qilish, deya taʼkidladi Erdogon.

 “Maqsad – Turkiya iqtisodiyotiga zarba berish. Biroq, hukumat tomonidan qabul qilingan choralar va turk xalqining qatʼiy pozitsiyasi tufayli bu urinish muvaffaqiyatli boʻlmadi”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Turkiya prezidenti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.