Tojikistonda bosh imom xatiblarga milliy xavfsizlik ijozati bilan vazifa beriladi

545
0

Tojikistonda bosh imom xatiblarga milliy xavfsizlik ijozati bilan vazifa beriladi

Odatda imom-xatiblar omma orasida obrӯli nufuzli dindorlardan saylanar edi. Ularning nomzodligi Imomlar, mahalla faʼollari va masjid xizmatchilari tomonidan  taqdim etilardi.

Bugunlik kunda Tojikistonda taqriban 3850 masjid rӯyxatga olingan va ularning har birida imom, xatib va boshxatib mavjud. Yangi qarorga muvofiq imomlar din Qumitasi va ulamolar Kengashi oldida imtihondan ӯtishlari lozim.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad masuʼliyatsiz, chalasavod mullalarni minbarga chiqishiga yӯl qӯymaslik deb kӯrsatilmoqda.

Imomlar diniy (sharʼiy) savodxonligidan tashqari yana qonunchilikka doir savollarga qoniqarli javob berishlari va davlat konstituttsiyasida kelgan bandlar haqida tӯliq maʼlumot bilishlari  lozim.

Hayratlanarli jihati shundaki, aksariyat imomlar bu qoidaga qarshi emas, balki rozilik bildirishdi.

“Davlat nazdida imtihon topshirishning xech bir yomon joyi yӯq, darvoqeʼ minbarga faqat millatini suygan, vataniga jon kuydirgan insonlar munosibdirlar”- deydi  Xatlon viloyatining bosh imomxatibi Usmonaliy Nazaraliyev.

Tojik  olimi va faylasufi Hafiz Boboyorovning aytishicha, bu jarayon bilan  imomolarning  amaldagi hukumatga sadoqatlari tekshiriladi.

“Shu yӯl bilan  fuqarolarning iymoniy muhiti davomli nazoratda bӯladi. Imomlar orqali hukmron elitaga bӯysundirish qoidalari joriy qilinadi”- deydi Boboyorov.

Tojikistonda diniy ulamolar ustidan nazorat taqriban 10 yil ilgari boshlangan. Terrorizm  xavfini oldini olish maqsadida shunday ish-choralar kӯrila boshladi.

Imomlar har bir chiqishida “Shukr qilinglar, bizning yurtimiz eng tinch, osoishta va hayotimiz farovon bӯlsa, bizda odil vatan Peshvosi bor,  uning mehnatlarini, tutgan siyosatini  qadrlaylik… ” deya takrorlashadi.

Ijtimoy tarmoqlar orqali imom-domlalarning, fuqarolarga qaratilgan murojaatidan, bu daʼvatlar ayni hukumatning buyrugʻiga asosan olib borilayotganligi kundek ravshan bӯlib turipti.

Halqaro tashkilotlar fikriga kӯra, tojik hukumatining bu urinishlari mamlakat bӯylab “mӯʼtadil Islom”ni rivojlantirishga qaratilgan. Shu jumladan imtihon asnosida hukumatga qarshi fikri bӯlgan imomlarni tanib olishlik ham koʻzda tutilgan.

Zero imom agar hukumat siyosatiga qarshiligi bor bӯlsa, u holda minbardan turib hukumat ishlarini tanqid qilish bilan shugʻullanadi.

Amerika mazhab erkinliklari Komissiyasi, Tojik hukumatining ushbu qarorini qatʼiyan tanqid ostiga olib, bu narsani “haddan ortiq musulmonlar eʼtiqodini nazorat qilish” deya baholadi.

Kuni kecha bir tojik imomi milliy madhiyani yoddan bilmaganligi bois ishdan chetalitildi. Bugunga kelib ichki ishlar boshqarmasining qattiq nazorati ostida imom-xatiblar imtihondan ӯtishmoqda. Ertaga bularning har biriga hukumat siyosatiga moslashtirilgan maʼruza nutqi taqdim etiladi. Kӯribsizki, Ӯzbekistonda joriy qilinganidek, har bir masjid imomi ӯz ilmidan, iymonidan saviyasidan kelib chikib pand-nasihat qilmaydi, balki hukumat hammaga bir xil programma belgilaydi va  namoz xutbalarida, xossatan jumʼa namozlariga mamlakatning qay bir gӯshasiga bormasangiz bir xil maʼruzani guvohi bӯlasiz.

Islom ahli bong urayotgan Uygʻuriston musulmonlari ham avvalari  hukumat siyosatiga aralashmasdan, tinchgina namozini ӯqib yurishgan, biroq Xitoy hukumati asta sekinlik bilan ularni ӯz domiga torta boshladi. Diniy eʼtiqodlari cheklandi,  dӯkonlarda mast  qiluvchi ichimlik sotilishi majburan joriy qilindi, sӯngra esa Islomning boshqa ruknlariga raxna solindi. Bu kabi qabihliklarni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi, zero u yerdagi  qabihliklar ӯzingizga maʼlum.

Eng achinarlisi oxirgi paytda quloqlariga naushnik (quloqchin) taqib Xitoy davlat madhiyasini, qonunchiligini xitoy tilida majburan yodlatishmoqda. Uygʻur imomlari ham bir paytlar maydonga chiqib raqsga tushishlarini tasavvurlariga ham sigʻdirishmagan bӯlsa kerak. Ammo vaqt ӯtib, uygʻurzabon Onaxonlar davlat bayramlarida xitoy madhiyasini qӯshiq qilib kuylashdi, imomlar esa raqsga tushishdi… .

Agar bizning imomlarimiz ham ilmoniy hukumatning barcha shartlariga kӯnsa va Alloh roziligini qӯyib hukumdorlar roziligi uchun faʼoliyat olib borishsa, ertaga bu qabih sistema ularni maydonga chiqarib davlat madhiyasiga ӯyinga tushishlikka majbur qilmaydi deb kim kafolat bera oladi?!

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.