Tramp: AQSh Butunjahon savdo tashkilotidan chiqishi mumkin

440
0

Tramp: AQSh Butunjahon savdo tashkilotidan chiqishi mumkin

 Donalьd Tramp agar Butunjahon Savdo Tashkilotida ijobiy tomonga oʻzgarish yuz bermasa, AQSh uni tark etishi mumkinligini bildirdi.

  “Agar ular oʻz ishini yaxshilamasa, men BSTdan chiqaman”, – deb taʼkidlagan prezident Blumbergga bergan intervьyusida. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.

 Tramp shuningdek, BST uzoq yillar davomida Qoʻshma Shtatlarga juda yomon munosabatda boʻlayotganini qoʻshimcha qilgan.

 Axios portalida iyul oyi boshida eʼlon qiligan maʼlumotga koʻra, AQSh maʼmuriyati Butunjahon savdo tashkiloti talablarini inkor qilish imkonini beradigan qonunchilik loyihasini kiritishni rejalashtirmoqda. Agar hujjat qabul qilinsa, prezident kongress maʼqullashiga muhtoj boʻlmagan holda, bir tomonlama tartibda import tovarlarga boj kiritish huquqini qoʻlga kiritadi.

 Shuningdek, yangi norma BSTning asosiy tamoyillarini inkor etish huquqini beradi. Qonunchilik organidagi manbaning aytishicha, ushbu hujjatning qabul qilinishi mamlakatning tashkilot aʼzoligidan chiqishi bilan barobardir.

Tramp ushbu xabar eʼlon qilinganidan keyin uch hafta oʻtib, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan uchrashdi.

 Muzokaralar yakunida prezident Tramp AQSh va YeI BST islohoti ustida birgalikda ish boshlashlarini vaʼda qildi.

 Bundan tashqari, Tramp Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi savdodagi “vijdonsiz harakatlarga” qarshi kurash olib borishlari haqida bayonot berdi.

 Ular bunday harakatlarning keng roʻyxatini misol tarzida keltirib oʻtishgan. Yaʼni Vashington Xitoy hisobiga yozayotgan – davlat kompaniyalari tomonidan yuzaga keltirilgan hamda savdo mollarining bosib qoʻyilishi oqibatida roʻy bergan: texnologiyalarning majburiy transferi, aqliy xususiy mulk oʻgʻirligi, sanoat subsidiyalari va bozor faktlarining buzib koʻrsatilishi kabi holatlardir.

 Ammo Tramp Xitoy nomini ochiq tilga olmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.