Afgʻon hukumati Tolibon bilan muzokarada qatnashish shartini maʼlum qildi

855
0

Afgʻon hukumati Tolibon bilan muzokarada qatnashish shartini maʼlum qildi

Qobul Moskva yoki boshqa joyda oʻtkaziladigan muzokaralarja qatnashadi, qachonki “Tolibon” harakati tinchlik muzokaralariga tayyorligini namoyon etsa, deyiladi RIA “Novosti” ixtiyoriga kelib tushgan Afgʻoniston TIV bayonotida.

 Ilgariroq Afgʻoniston TIV vakili Sibgʻatulla Ahmadiy RIA “Novosti”ga Qobul Afgʻoniston boʻyicha oʻtkaziladigan “Moskva formati” dagi uchrashuvda qatnashmasligini va bu qaror AQSh pozitsiyasidan mustaqil qabul qilinganligini maʼlum qilgan edi.

 “Afgʻoniston hukumati delegatsiyasi, agar “Tolibon” harakati qandaydir muddat ochiq tinchlik muzokaralarini oʻtkazishga tayyorligini koʻrsatsa, u xoh Moskva formati boʻlsin yoki boshqa uchinchi joyda, sof niyat va chuqur xayrixohlik bilan ishtirok etadi”, – deyiladi baynotda.

 Rasmiy bayonotga koʻra, “Tolibon” harakati tinchlik maktubi va ochiq muzokaralarga qarshi chiqqan hamda xalqaro va mintaqaviy tinchlik tamoyillariga, ochiq muloqotga nisbatan hurmat koʻrsatmagan.

 Hujjatda qayd etilishicha, ushbu munosabat bilan “Moskva formati”da oʻtadigan uchrashuvda “Tolibon” harakati vakillarining ishtiroki zarur, deb hisoblanmaydi.

 “Yuqorida tilga olingan tamoyillarga tayangan holda, Afgʻoniston “Tolibon” u bilan muloqot qilishni lozim topmagan ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi”, – deyiladi bayonotda.

 Ilgariroq, Reyter agentligi “Tolibon” harakati vakiliga tayangan holda, harakat vakillari Moskvada 4 sentyabrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Afgʻoniston boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish taklifini qabul qilganligi haqida xabar tarqatgan edi.

 Rossiya Federatsiyasiga koʻra, Afgʻoniston masalasi boʻyicha 4 sentyabrda oʻtkaziladigan “Moskva formati”dagi maslahatlashuvga 12 ta davlat, shu jumladan, AQSh ham taklif etilgan. Rossiya Tashqi ishlar mahkamasining maʼlum qilishicha, ushbu majlisga toliblarning Doxa shahridagi siyosiy ofisi rahbariyati ham taklif etilgan. AQSh Davlat departamenti vakili, Qoʻshma Shtatlar ushbu formatni samarali deb topmagani tufayli, Moskvadagi Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvda ishtirok etmasligini maʼlum qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.