Medvedev: AQSh sanktsiyalari iqtisodiy urush eʼlon qilish bilan barobar

792
0

Medvedev: AQSh sanktsiyalari iqtisodiy urush eʼlon qilish bilan barobar

 RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevning maʼlum qilishicha, Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni yanada mustahkamlash iqtisodiy urush eʼlon qilish bilan barobar. Bu haqida RIA “Novosti” xabar berdi.

 “Men kelgusidagi sanktsiyalar haqida izoh berishni istamayman, lekin men bir narsani aytishim mumkin: banklar faoliyatini yoki muayyan valyutadan foydalanishni cheklash kabi narsa yuz bersa, buni bevosita iqtisodiy urush eʼlon qilinishi, deb aytsa boʻladi. Va bu urushga iqtisodiy usullar, siyosiy usullar va kerak boʻlganda boshqa usullar bilan reaktsiya bildirish zarur. Bizning amerikalik doʻstlar buni tushunishlari kerak”, – dedi Medvedev.

 “Mamlakatimiz soʻnggi 100 yil ichida doimiy sanktsiyalarning bosimi ostida yashab keldi. Bu nima uchun qilinmoqda? Rossiyani xalqaro maydondagi qudratli raqiblar orasidan siqib chiqarish uchun”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Medvedev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.