Pompeo: Eronga qarshi sanksiyalarga qat’iy rioya qilinadi

528
0
Pompeo: Eronga qarshi sanksiyalarga qat’iy rioya qilinadi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma’lum qilishicha, Eronga qarshi sanksiyalarga, Tehron o‘z siyosatini keskin o‘zgartirmagunga qadar “qat’iy rioya qilinadi

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya cheklovlarining Eronga nisbatan tiklanishi Amerika siyosatining muhim qismidir. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Tehron bilan hamkorlik qilishda davom etadi, ammo bu “Eron rejimi tarafidan katta o‘zgarishlarni talab qiladi”.

Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom Qosimiyning bildirishicha, Eron Suriyadagi ishtirokini vaziyat barqarorlashsa, terrorizmga qarshi kurash esa o‘z yakuniga yetsa, kamaytiradi yoki butunlay chiqib ketadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.