Xitoy AQShni ogohlantirdi

515
0

Xitoy AQShni ogohlantirdi

Xitoy hukumati agar AQSh tarafidan oʻziga qoʻllaniladigan 200 milliard dollarlik qoʻshimcha soliqlardan Oq uy voz kechmasa, unga javob qaytarishini maʼlum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp soʻnggi oylarda Xitoyga qoʻshimcha soliq joriy etishini eʼlon qilib bayonot bergan edi.

Xitoy hukumati ushbu bayonotdan keyin AQShni “tijorat jangi”dan ogohlantirmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Geng Shuang, agar Tramp qoʻshimcha soliq qaroridan voz kechmasa, oʻziga yarasha Pekin hukumati ham unga qarshi javob qaytarishini va xalqaro huquqlarini oxirigacha ishga solishini maʼlum qildi.

Tramp maʼmuriyati tarafidan Xitoyga qoʻllaniladigan soliq stavkasi 10 foizdan 25 foizga oshirilishi koʻzda tutilgan.

AQShning qoʻshimcha soliq qarori oziq-ovqat, farmatsevtika, poʻlat, alyuminiy, mebel sohalaridan minglab xitoylik eksportchilarga taʼsir koʻrsatadi.

Qoʻshimcha soliqqa tortish qarorining qabul qilinishi dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti oʻrtasidagi keskin raqobatni yanada kuchayishiga sabab boʻlishiga kutilmoqda.

Xitoy jahon iqtisodiyotida kengayib borishi bilan barchaning eʼtiboriga tushmoqda. Dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarga eksport qilinadigan mahsulotlari bilan oʻz iqtisodiyotini kuchaytirib borayotgan Xitoyga AQShning sanktsiyalari jiddiy taʼsir koʻrsatmasligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.