Tramp: AQSh NATO mamlakatlarining siyosatidan umidsizlikka tushmoqda
AQSh prezidenti Donalьd Tramp NATOga aʼzo mamlakatlar yetakchilariga maktub yoʻllab, alьyansga aʼzo ayrim davlatlar mudofaa xarajatlarini oshirmaganidan umidsiz boʻlayotganini bildirdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.
Gazetaga koʻra, maktub oʻtgan oyda tarqatilgan. Oluvchilar orasida Germaniya, Belьgiya, Norvegiya va Kanada yetakchilari bor.
“Sizning aprelь oyidagi tashrifingiz chogʻida muhokama qilganimizdek, ayrim ittifoqchilar vaʼda qilganlariga qaramay (mudofaa uchun xarajatlarni) koʻpaytirmaganlari uchun AQShda umidsizlik kuchayib bormoqda”,- deya Trampning Angela Merkelga yoʻllagan maktubidan iqtibos keltiradi gazeta.
Tramp ushbu maktubida qayd etishicha, yetarli boʻlmagan mudofaa xarajatlari NATO xavfsizligiga salbiy taʼsir etmoqda hamda alьyans ittifoqchilarining mudofaa byudjetini oshirish borasida bergan vaʼdalarini bajarmasliklariga turtki boʻlmoqda.
Nashrning yozishicha, Donalьd Tramp NATOga aʼzo boshqa davlat rahbarlariga yoʻllagan maktublarida ham shunga oʻxshash eʼtirozlarni bildirgan.