Moskva NATOni jiddiy ogohlantirdi
Moskva NATOni Rossiya chegaralari yaqinida harbiy keskinlikni oshirish xavfli ekanligidan ogohlantiradi, dedi RF tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, NATOning “sharqiy qanot”da oʻz harbiy salohiyatini mustahkamlashni tinmasdan kuchaytirishi manzarasida Yevropadagi harbiy-siyosiy vaziyat yomonlashib bormoqda, bu ayniqsa Boltiqboʻyi makonini harbiylashtirishda aks etmoqda.
“Shimoliy Atlantika alьyansini Rossiya chegaralari yaqinida harbiy keskinlikni bundan buyon ham kuchaytirishi Boltiqboʻyi hududidagi barcha davlatlarning milliy xavfsizligiga nisbatan xatarni faqatgina kuchaytiradi”,- dedi Zaxarova brifing davomida.
U bir paytlar harbiy nuqtai nazardan tinch boʻlgan hudud qisqa vaqt ichida Moskva tomonidan keladigan xavf haqida oʻylab topilgan uydirma orqali mahalliy aholi qoʻrquvga solinayotgan frontoldi hududiga aylanganini taʼkidladi.
Rossiya keyingi yillarda NATOning gʻarbiy chegaralar yaqinida mislsiz darajada faollashayotgani haqida aytib kelmoqda. NATO oʻz taʼsirini kengaytirmoqda va buni “Rossiya zoʻravonligini tutib turish” deb atamoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Rossiya hech kimga tahdid solmasligini, ammo oʻz manfaatlari uchun xavf soladigan harakatlarni eʼtibordan chetda qoldirmasligini aytgandi.