Shoygu: IShID boshqa mintaqalarga koʻchmoqda 

971
0

Shoygu: IShID boshqa mintaqalarga koʻchmoqda 

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning maʼlum qilishicha, IShID jangarilari tor-mor keltirilganidan soʻng Suriya va Iroqdan Markaziy hamda Janubiy-Sharqiy Osiyoga koʻchmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.

 “IShID tor-mor keltirilganidan soʻng jangarilar Suriya va Iroqdan boshqa mintaqalar, jumladan Markaziy hamda Janubiy-Sharqiy Osiyoga qarab koʻchmoqda. U yerda yangi terrorchilik yacheykalari tashkil etilmoqda”, – deya aytib oʻtdi Shoygu ShHT davlatlari mudofaa vazirlari uchrashuvida.

 Uning taʼkidlashicha, jangarilar koʻp paytlarda zamonaviy nishonga olish vositalari, jumladan uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanmoqda.

 “Xususan, Suriyada jangarilar tomonidan qoʻllanilayotgan uchuvchisiz uchar qurilmalar 100 kilometrdan ortiq masofada harakatlanishi mumkin. Ularni rivojlangan davlatlar texnik koʻmagisiz yaratish mumkin emas. Aholi zich yashovchi tumanlarda bunday nishonga olish vositalarining qoʻllanilishi falokatli oqibatlarga olib keladi”, – deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Shoygu.

 Avvalroq Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh prezidenti Donalьd Trampning Qoʻshma Shtatlar IShID terrorchilik guruhini tor-mor etgani haqidagi soʻzlari yolgʻonligini maʼlum qilgandi.

 Turkiston:

Olamda AQSh boshchiligida Islomiy mabdaiy harakatga qarshi olib borilayotgan olamiy strotegiyadan Rossiya oʻzining manfaatlarini roʻyobga chiqarib olish maqsadida foydalanib qolmoqchi. Bunda u oʻzining harbiy harakatlari va mamlakatlarni yolgʻon vahimalar bilan qoʻrquvda ushlab turishi fitnalarini ishga solyapti.

Shoygu toʻgʻri aytdi. Dunyoda harbiy faoliyat olib borayotgan har qanday jangchilar oʻz imkoniyatidan kelib chiqib, nafaqat uchuvchisiz samolyotlar, balki oddiy oʻq otar avtomatik qurollarga ham ega boʻlishi mumkin emas. Jamoalar, guruhlar u yoqda tursin, Oʻrta Osiyo mamlakatlari singari mustamlaka boʻlgan butun boshli davlatlarda ham qurol ishlab chiqish imkoniyati yoʻq. Ularni yirik davlatlar qurol-yaroq bilan taʼmilab turadi. Aytaylik ular Rossiya yoki Xitoy singari yirik davlatlarning manfaatiga qarshi Amerika tomonidan qurol-aslaha bilan qoʻllab quvvatlanadi, yoki aksincha.

Yuqoridagi mulozimlarning bayonotlaridan shuni anglash mumkinki, nomi zikr qilingan mintaqalarda fitnakashlik harakatlari boshlanishi mumkin. Lekin bu harakatlar bizlarning yurtlarimizda Rossiya, Xitoy va AQSh manfaatlari ustida, bir birlariga qarshi olib boriladi. Agar, ularga yurtimizni harbiy poligon qilib olishlariga rozilik bermasak, ustimizga uchuvchisiz samolyotlar yuborib, IShID nomidan qoʻporuv amaliyodlari uyushtirishlari ham mumkin. Mavjud xalqaro siyosiy boshqaruv shunaqangi adolatsizlik va vahshiylik ustiga qurilgan! Suriyada buning guvohi boʻldik!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.