Gʻuta evakuatsiyasi paytida 95 foiz erkaklar gʻoib boʻldi

775
0

Gʻuta evakuatsiyasi paytida 95 foiz erkaklar gʻoib boʻldi

Suriyaning Sharqiy Gʻuta aholisi evakuatsiya qilingan paytda, tasvirga olingan hujjatli manzara achchiq haqiqatni fosh qildi. Evakuatsiya jarayonida mintaqa faollari Asad kuchlari tarafidan amalga oshirilgan pastkashliklarni maʼlum qilishdi. Xabarda aytilishicha, nazoratchi askarlar muslima ayollarga tahdid qilib, ulardan doimo tabassum qilib turishni talab qilgan. Ayni paytda evakuatsiya qilinayotgan insonlar orasidan ajratib olingan 16-55 yoshlar orligʻidagi 95% erkaklarning taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.

Asad rejimining rasmiy axborot agentligi “SANA” tomonidan namoyish qilingan fotosuratlar diqqat bilan koʻrib chiqilganda, evakuatsiya paytida 95 foiz erkaklar yoʻqolib qolganligini koʻrishi mumkin. Shuningdek boshqa ommaviy axborot agentliklari hamda mintaqa faollari tomonidan suratga tortilgan barcha tasvirlardan ham erkaklar yoʻqolib qolganligi, faqat ayollar, bolalar va keksa kishilargina evakuatsiya qilinganligi aniqlangan.

Mintaqada yashovchi 16-55 yoshlar orligʻidagi erkaklar Asad rejimini qoʻllab-quvvatlaydigan yollanma askarlar tomonidan asir olinganligi aytilmoqda. Tasvirlarni biroz diqqat bilan tekshirgan kishi, evakuatsiya qilinayotgan erkaklar boshlarida qoʻriqchilar turganligini koʻrishi mumkin.

Suriyalik faollardan birining ijtimoiy tarmoqlar vositasida namoyish qilgan video tasvirlarda, Asad askarlari evakuatsiya qilinayotgan Erkaklarga “Asad uchun jang qilasan yoki oʻlasan”, ayollarga esa “tabassum qilasan yoki oʻlasan”, deya tahdid qilganligini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.