AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiyadan moddiy mablagʻ talab qildi

719
0

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiyadan moddiy mablagʻ talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqishini tezlashtirish uchun Saudiya qiroli Salmon bin Abdulazizdan moddiy yordam talab qildi. Bu haqida “Vashington Post” gazetasi xabar tarqatdi.

Gazetada chop etilgan maqolaga koʻra, Tramp qirol Salmonga dekabr oyida telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, AQShning Suriyadagi harbiy ishtirokini toʻxtatishni tezlashtirish uchun Saudiyadan 4 milliard dollar yordam talab qilgan.

Gazetaga intervьyu bergan AQSh masʼullariga koʻra, prezident Tramp telefon muloqoti ortidan saudiyaliklar bilan bu masalada kelishib olishiga ishonishini bildirgan. Biroq Saudiyaning Voshingtondagi elchisi Trampning qirol Salmondan 4 milliard dollar talab qilganligi haqidagi gazetaning savolini javobsiz qoldirdi.

Gazetaning bir necha manbalarga tayanib xabar qilishicha, Tramp qirol Salmon va uning oʻgʻli, shahzoda Muhammadga Suriyadagi AQSh majburiyatlarini bekor qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻ miqdorini tushuntirgan.

“AQSh harbiylari va mahalliy ittifoqchilari IShIDdan ozod qilgan Suriya yerlarini qayta tiklash va barqarorlashtirish uchun Oq uy Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan mablagʻ olishni istaydi. Urushdan keyingi maqsad Suriya prezidenti Bashar Asad va uning Rossiya va Eron sheriklarini mazkur hududlarga kirishga yoʻl qoʻymaslikdir” deya yozadi gazeta.

AQSh gazetasiga koʻra, koalitsiya aʼzolari oʻrtasida teng boʻlmagan taqsimotga qarshi boʻlgan Trampning qimmatga tushgan urushdan keyin koalitsiya aʼzolarini toʻlov toʻlashga majbur qilishi muhim ish sanaladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.