NATO Putinning soʻzlariga izoh berdi

954
0

NATO Putinning soʻzlariga izoh berdi

 NATO Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal yigʻinga murojaatiga izoh berdi va alьyans nomiga tahdidlarni nomaqbul va besamar deb atadi. Alьyansda taʼkidlanishicha, NATOning raketalarga qarshi mudofaa tizimi Rossiyaga qarshi qaratilgan emas. Bu haqda alьyans rasmiy vakili Oana Lungesku aytib oʻtdi.

 1 mart kuni Putin parlamentga murojaatida Rossiya ixtiyorida boʻlgan yangi strategik qurollar haqida maʼlumot berdi. Putin ushbu qurollar AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi va NATOning sharqqa kengaytirilishini samarasiz qilishini aytgan.

 “Biz prezident Putinning 1 mart kunidagi murojaati bilan tanishdik. Rossiyaning nishon sifatida NATO boʻyicha ittifoqdoshlarni tanlash bayonoti nomaqbul va besamardir. Biz alьyansning raketalarga qarshi mudofaasi Rossiyaga qarshi loyihalanmagani va qaratilmaganini bir necha marta tushuntirganmiz. Bizning tizim yevroatlantik hudud tashqarisidan otilgan ballistik raketalardan himoyalaydi”, deb aytgan Lungesku.

 Lungeskuning taʼkidlashicha, NATO “sovuq urush va qurollanish poygasi takrorlanishini istamaydi”.

 Avvalroq Moskvada Rossiya qurollanish poygasiga kirmoqchimasligi va uning yangi quroli unga hujum qilishni istamaydiganlarga xavf solmasligi aytilgan.

Turkiston:

Rossiyaning ichki siyosiy, iqtisodiy hamda saqofat tarmoqlarining birortasida Putin uchun maqtanishi mumkin boʻlgan deyarli hech qanday yutuqlar yoʻq. Aksincha, bu va yana boshqa sohalarning barchasi inqiroziy holatga kelib qolgan. Shuning uchun siyosiy ekspertlar “Putin bu safargi saylov oldi kompaniyasini tashqi xavf xatarlarga qaratadi” deb tahlil qilishmoqda.

Lekin, Rossiya uchun tashqi xavf xatarlar hamisha ham topilavermaydi. Putin shu maqsadda atayin keraksiz xarajatlar sarflab, Suriyaga bostirib kirdi. Ukrainaning yarmini tortib olmoqchi boʻlib, u mintaqada ham urush maydonini paydo qildi. Endi NATO blogi bilan Rossiya oʻrtasida atayin keskin harbiy vahima paydo qilmoqchi boʻlyapti. Saltanatini saqlab qolish maqsadida oʻz manfaati uchun mamlakatni bu qadar xor qilib yuborgan Putin singari diktatorlar tarixda unchalik ham koʻp uchramaydi.

AQShning roli va pozitsiyasi: Putinning bu hatti harakatlari AQShning manfaatlariga deyarli zid emas. Yaʼni, AQSh NATO blogi vositasida YeIni harbiy mustamlaka qilib turibdi. Demak NATO va Yevropa uchun Putinning taxdidi AQShning mintaqadagi harbiy pozitsiyalarini faqat mustahkamlaydi. Putin Rossiyani AQSh uchun, xuddi Shimoliy Koreya singari, muayyan mintaqalarda qalbaki vahima paydo qilib turuvchi mamlakatga aylantirmoqchi. Bu bilan u AQShning harbiy va siyosiy pozitsiyalarining mustahkamligini kafolatlab bergan boʻladi. Putin shu manfaati bilan oʻzini AQShga tortiq qilib, saylovdan oʻtib olmoqchi!   

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.