Musulmonlarning radikallashuviga qarshi kurashda Islom va ekstremizmni qorishtirish mumkin emas

541
0

Musulmonlarning radikallashuviga qarshi kurashda islom va ekstremizmni qorishtirish mumkin emas

 Dindorlarning radikallashuviga qarshi kurashish uchun Islom va ekstremizmni farqlash kerak. Bu haqda “MDH musulmonlari oʻrtasida radikal mafkura tarqalishining qanday oldini olish mumkin” videokoʻprigi vaqtida Qozogʻistonning harbiy-strategik tadqiqotlar markazi mutaxassisi Yerlan Risbekov aytib oʻtdi.

 “Hozirda Islom bu ekstremizm, masjidlarning toʻla boʻlishi rakillashuv koʻrsatkichi deb atovchi baʼzi “mutaxassislar”ni uchratish mumkin. Biroq bunday emas. Bunday fikrlardan voz kechish va OAVda Islom haqida jazavani toʻxtatish lozim”, deb aytgan Risbekov.

 Uning fikricha, bunday fikrlar radikallarga qoʻl keladi, ular bu fikrlardan yangi izdoshlarini jalb qilish uchun foydalanadilar.

 “Ekstremizmning negizi begonalashuv, jamiyatga aralashmaslik, hayot, yon atrofdagilar va hukumat harakatlaridan norozilikdir. IShID yoshlar koʻz oʻngida bir brendga aylangan va uning asl maqsadini fosh qilmoq lozim”, deb aytgan mutaxassis.

 Risbekovning fikricha, ekstremizmga qarshi kurashda birinchi navbatda yoshlar, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda Islom va ekstremizmni farqlash ustida ishlash lozim.

Turkiston:

Ha, Islom bilan “ekstremizm”ni qorishtirib boʻlmaydi! Ularni bir biriga yaqinlashtirishga ham hech qanday asos yoʻq. Islomiy “ekstremizm, radikalizm” kufr terminlari boʻlib, bu terminlar musulmonlarni bir necha toifaga boʻlib yuborish uchun foydalaniladigan asossiz tushunchalardan oʻzga narsa emas! Bu tushunchalar nafaqat islomiy sharʼiy hukumlarga, hatto kufr terminlari bilan ifodalangan maʼnolarga ham mos kelmaydi.

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar”.

Olamiy kufr sistemasi, musulmonlar ichidan oʻzlariga moyil boʻlgan yoki ularga biror dunyoviy moddiy manfaat jihatidan bogʻliq boʻlib qolgan islomiy shaxslardan iborat bir toifani paydo qilishga harakat olib boryapti. Ularga “moʻʼtadil islom”chilar deb nom berib, ularni Islom va musulmonlarga qarshi isyon qilishga undamoqda! Moʻʼtadilchilarni, islomiy qadriyatlardan boʻlgan hijob, saqol, hatto Olloh farz qilgan davat cheklovlarini ham qabul qilishga majburlashyapti. Ular ochiq kufrga islomiy tus berishga majburlanishyapti! Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston.. barchasi shu yoʻnalishda harakat olib borishyapti.

Lekin diniy muhit vakillarining “moʻʼtadillik” kufr loihasi ekanini bilib turib, “ularni shu harakatiga qoʻshilishim bilan jonimni saqlab qolaman” degan tushunchalari xom hayoldan boshqa narsa emas! Iymondan voz kechib, kufrga rozi boʻlmagunlaringcha ular sizlarni horlashdan toʻxtashmaydi! Bu Ollohning oyati bilan nozil boʻlgan haqiqatdir, buni inkor qilasizlarmi?! Kufrga ergashganlarga ergashmang! Ular oxiratlarini arzimagan dunyo matohlariga sotib yuborishyapti! Ular Yerlan Risbekov singari fosiqlar bilan hamtovoq boʻlib, Ollohning diniga isyon qilishmoqchi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.