Ron Pol: Kommunizm qulagani kabi kapitalizm ham qulaydi

488
0

Ron Pol: Kommunizm qulagani kabi kapitalizm ham qulaydi

Kapitalizm tuzumining qulashi muqarrar va aniq haqiqatligi mazkur tuzumning qoʻriqchilari tarafidan oshkoro eʼlon qilina boshladi. AQShning taniqli siyosatchilaridan biri respublikachilar partiyasi vakili va AQSh prezidentligiga sobiq  nomzod Ron Pol sotsializm, kommunizm, hatto kapitalizm tuzumi hayot uchun yaroqsiz ekanligini va qulashi muqarrarligini tan oldi.

AQSh prezidenti Donald Trampni tanqid qilgan Ron Pol, uning moliyaviy barqarorlik borasida muvaffaqiyatga erishganligini daʼvo qilishi asossiz ekanligini bildirdi. Polga koʻra, SSSR qulagani kabi kapitalizm ham tanazzulga yuz tutmoqda.

“AQShning eʼtiborsizligi natijasida oʻsib ketgan qarzlari va harbiy xarajatlari oxir-oqibatda bu tuzumning qulashiga va Sovet Ittifoqining oxirgi kunlari kabi yonib kul boʻlishiga sabab boʻladi”, dedi Texas senatori Ron Pol.

Tramp oʻzining tijoriy zakovatini AQSh hukumatiga integratsiya qilishi bilan maqtanganligini, lekin yaqinlashib kelayotgan iqtisodiy tanazzulni oldini olishga qodir emasligini taʼkidlagan Pol SSSR AQShning harbiy tuzilmalari tufayli qulamaganligiga urgʻu berdi.

“Men iqtisodiy nuqtai nazardan qarayapman. Sovet ittifoqining qulashi uchun AQShdagi harbiy tuzilmalar sabab boʻlgani yoʻq”, “Biz Sovet tuzumida boʻlgani kabi kutilmagan va dahshatli natijaga qarab ketmoqdamiz. Bir xil jarayon boʻlmaydi. Zero u yerda baʼzi davlatlar sovet ittifoqidan mustaqil boʻlgan edi. Bizning shtatlarimiz mustaqil boʻlmaydi. Lekin men bundan buyogʻiga imperiyamizni moliyalashtira olmasligimizga aniq ishonaman. Biz imperiyamizni saqlab qolish uchun qurol bilan tahdid qilib, sanktsiyalardan foydalanyapmiz. Oʻylashimcha, qulashga yaqinlashib qoldik”. dedi sotsializm va kapitalizm tuzumi hayot uchun yaroqsiz ekanligini va qulashi muqarrarligini taʼkidlagan Ron Pol.

Amerika Milliy razvedka kengashi nashr qilgan “Global Kelajakning xaritasini chizish” nomli hisobot ham shuni koʻrsatmoqda. Hisobotda Islomga daʼvat 2020 yilgacha natijaga erishishi va Islom hazorati xalifalik soyasi ostida global oʻzgarishlarni roʻyobga chiqarib, yana oʻz ildiziga qaytishi taʼkidlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.