AQShning 2018 yilgi harbiy xarajatlari 19,5 foizga oshirildi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning 2018 yilgi harbiy xarajatlari 700 milliard dollarga chiqarilishi haqida farmon berdi. 2017 yilda AQShning harbiy xarajatlari 587 milliard dollarni tashkil qilgan edi. Trampning yangi xavfsizlik strategiyasi sababli bu xarajat 19,5 foizga oshirildi.
Donald Tramp oʻzidan oldingi prezidentdan farqli ravishda, yadroviy boʻlmagan hujumlarga qarshi AQSh keng miqyosda yadroviy qurollardan foydalanishi mumkinligiga ishora qildi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining yangi xavfsizlik strategiyasini eʼlon qilgan Tramp “kuch bilan tinchlikka erishish” shiori ostida 2018 yilda 700 milliard dollarlik rekord darajada harbiy sarf xarajat ajratishga buyruq berganligini bildirdi.
“Nizolashuvga olib boradigan eng qulay yoʻl zayiflik deb bilamiz. Shuning uchun biz raqibsiz kuch bu – eng ishonchli mudofaa, deb ishonamiz”, “Yadroviy kuch barcha nizolarni bartaraf qila olmasligi mumkin. Lekin yadroviy hujumlarni ham va yadroviy boʻlmagan strategik hujumlarni ham, shuningdek keng koʻlamli hujumlarni ham oldini olish uchun yadroviy kuch shartdir”, deyiladi Trampning yangi xavfsizlik strategiya hujjatida.
AQSh prezidentining yadroviy boʻlmagan strategik hujumlarga qarshi mudofaa maqsadida yadroviy qurollardan foydalanish mumkinligini bildirishi yangi tahdid sifatida koʻrilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu holat kelgusida Amerikaning yadroviy qurollar masalasidagi pozitsiyasini tartibga soluvchi ayrim oʻzgarishlardan darak beradi.