Ikki trillion dollarning kelajagi maʼlum boʻldi

580
0

Ikki trillion dollarning kelajagi maʼlum boʻldi

Saudiya Arabistonidagi soʻngi oʻzgarishlar dunyo nazaridan chetda qolmadi. Saudiyaning korruptsiya bilan kurash boʻyicha oliy qoʻmitasi taxminan 40 nafar nufuzli shaxsni qoʻlga olish haqida qaror chiqardi. Ular orasida shaxzodalar, sobiq va amaldagi vazirlar, harbiylar hamda tadbirkorlar milliarderlar ham bor. Bir vaqtning oʻzida davlat amaldorlari, qoʻmondonlar va hatto qirollik oilasiga mansub shaxzodalarning korruptsiyada ayblanib qamoqqa olinishi kutilmagan ish edi.

Saudiya hukumatining bu ishlari AQSh prezidenti Donald Trampning “Aromko” neft shirkati aktsiyalarini AQSh birjalariga yotqizish haqida bergan aniq bayonotidan keyin boshlanib ketdi. “Aromko” neft shirkati taxminan 2 trillion dollar bozor qiymati bilan dunyoning eng yirik neft shirkati hisoblanadi. Maʼlum sabablarga koʻra Saudiya hukumati shirkatni xalqaro birja bozorlariga kiritmayotgan edi. Biroq, AQSh prezidenti Osiyo safari chogʻida telefon orqali ayni masala haqida shaxsan qirolning oʻzi bilan gaplashdi.

Xitoy safaridan oldin “Financal Times”ga bergan intervьyusida ham “Aramko” neft shirkatining AQSh birjalariga ochilishi lozimligini taʼkidladi. Trampning ushbu intervьyusidan atigi 9 soat oʻtgach, Saudiya Arabistonida kutilmagan amaliyotlar boshlanib ketdi! Shahzodalar, vazirlar, qoʻmondonlar va shayxlar hibsga olindi…!

Eʼtiborli joyi shundaki, hibsga olingan vazirlar va shaxzodalar “Aramko” shirkatining oyogʻiga yopishgan anliyaparast kishilardir! Qirol bu harakat bilan anliyaparastlarga va xalqaro moliyaviy jabhasining kompratorlariga (davlat nazarida nohaq yoʻllar bilan boylikka ega boʻlgan kishilarga) kuchli zarba bergan boʻldi. “Aramko” shirkatining AQSh birjalariga ochilishi – bu AQSh iqtisodi va global ishlab chiqarish uchun ajoyib gʻalabadir! Qamoqqa olingan vazirlar, shahzodalar va shayxlarga qaralsa, ularning Buyuk Britaniyaga va Yevropaning eng yirik banki hisoblanmish HSBC bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri faol aloqasi borligi maʼlum boʻladi. Shunga koʻra, ularga qarshi amalga oshirilgan qamoqqa olishlar Saudiyaga ham, AQShga ham hayot bagʻishlaydi!

Ushbu amaliyot bilan Saudlar 500 milliard dollarlik mol-mulkni musodara qildi. AQSh esa dunyodagi fond birjalarni va moliyaviy sektorlarni neft quroli bilan tartibga solish imkonini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, u ajoyib daromad manbasini ham qoʻlga kiritdi. Natijada, “Aramko” neft shirkati birja fond bozorida paydo boʻladi! Olingan daromad AQSh va Saudiya iqtisodiyotiga tegishlidir! Ikki trillion dollarga ega yangi kapitalning qoʻlga kiritilishi AQSh uchun dunyoni qayta shakllantirish uchun energiya yoqilgʻisidir!

Juda koʻp yer, zahira va ochilmagan neft quduqlariga ega boʻlgan “Aramko” shirkati bozordan 2 trillion dollar toʻplay oladigan ajoyib qiymatga ega boʻlishiga qaramay, birjalarga ochiq emas edi. Uning mablagʻlari banklar, ayniqsa Britaniyaning HSBC bankining boyliklariga boylik qoʻshayotgan edi. Ammo Trampning “Buyuk Amerika orzusi” uchun pul va ishlab chiqarish AQShda toʻplanishi kerak! Shuning uchun u “Aramko” masalasiga tumshugʻini tiqib, shirkatning aktsiyalarini AQSh birjalariga qoʻyishni talab qildi va Saudiya qiroliga bu haqida keskin xabar yoʻlladi. Shu yoʻl bilan toʻplanadigan mablagʻlarlar orqali AQShda va Saudiyada ishlab chiqarish iqtisodiyoti faollashadi hamda saudiyaliklar pullarni oʻz kayfu-safolariga sarflamaydi, balki pullar AQSh nazorati ostida boʻladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya hukumatining korruptsiyaga qarshi kurash nomi ostida shaxzodalar, vazirlar va milliarderlarning qamoqqa olinishini qoʻllab quvvatlashini maʼlum qildi. U oʻzining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali Saudiya qiroli Salmon va uning oʻgʻli valiahd shaxzoda Muhammad bin Salmonga ishonch bildirdi.

“Men qirol Salmon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga toʻliq ishonaman. Ular nima qilishayotganligini yaxshi bilishadi. Keskin munosabat koʻrsatilayotgan kishilarning baʼzilari oʻz mamlakatini yillardan buyon talon-toroj qilib kelmoqda”, deya yozdi Tramp tivitter sahifasida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.