Qirgʻiziston va Qozogʻiston “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi

852
0
????????????????????????????????????

Qirgʻiziston va Qozogʻiston “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi

 Qirgʻiziston hukumati devoni axborot taʼminoti boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, “Yoʻl xaritasi” ikki tomonlama iqtisodiy xamkorlik bilan bogʻliq masalalarni hal qilish, shuningdek, YeOII va JST qoidalari va meʼyorlari hisobga olingan xolda chegara, transport, fitosanitar va veterinar nazorati, bojxona va soliq maʼmurchiligi sohasida oʻzaro munosabatlarni hal qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

 “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish borasidagi kelishuv Qirgʻiziston va Qozogʻiston bosh vazirlari Sapar Isakov va Bakitjan Sagintayevning  Ostona shahrida 18 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvida qabul qilindi.

 Taʼkidlanishicha, “Yoʻl xaritasi” qabul qilinganidan soʻng tomonlar “oʻrnatilgan qoida va meʼyorlarni buzmagan holda erishilgan shartonmalarni qatьiy bajarish”  yuzasidan oʻz zimmalariga majburiyat olishadi.

 Muzokoralarda Qirgʻiziston bosh vaziri Sapar Isakov ikki tomonlama munosabatlarning bundan keyingi rivojiga umid bildirdi va “biz konstruktiv muloqotga tayyormiz” deya bayonot berdi.

 Oʻz navbatida Qozogʻiston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev Qirgʻizistonda prezidentlik saylovlarining muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan qirgʻiz delegatsiyasini  tabrikladi va Nursulton Nazarbayevning “qardosh ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar namunali va mintaqadagi oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlik boʻyicha oʻrnak boʻlishi kerak” degan soʻzlaridan ixtibos keltirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.