AQSh PKKga 6 oy ichida davlat tiklab berishni vaʼda qildi

842
0

AQSh PKKga 6 oy ichida davlat tiklab berishni vaʼda qildi

PKK (kurd ishchilar partiyasi)ning Suriyadagi qanoti hisoblangan PYDni harbiy va siyosiy jihatdan qoʻllab kelayotgan AQSh maʼmuriyati Suriyaga 15 kishilik delegatsiya yubordi. Yuqori darajali fuqaroviy va harbiy masʼullardan iborat mazkur delegatsiya terrorchi tashkilot sanalgan PYDning yetakchi vakillari bilan Suriyaning Ayn-Iso shahrida uchrashuv oʻtkazganligi aytilmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, Suriyada jang olib borayotgan PYD qoʻmondonlari va fuqarolik maʼmurlari ishtirok etgan mazkur yigʻilishning asosiy mavzusi PYD muxtor davlatini (Shimoliy Suriya Federalizmini) tiklash haqida boʻlgan. AQSh davlat departamenti va Pentagon vakillaridan iborat delegatsiya uch soat davom etgan uchrashuvda “Sizga 6 oy ichida qonuniy davlatchilik va xalqaro status olib beramiz. Oʻzingiz egalik qilayotgan mintaqalarda saylov uchun shart-sharoitlarni tayyorlang. 2018 yil yanvar oyida Suriyaning shimolida amalga oshiriladigan referendum orqali davlatga aylanasiz”, deya PYDga vaʼda bergan.

Oq uy delegatsiyasiga koʻra, Suriyaning shimolida PYD yagona kuchga aylanadi va barcha tashkilotlar uning soyasi ostida toʻplanadi. PKK boshchiligida quriladigan davlat tarkibida Suriya Shimoldagi barcha tashkilotlarning vakillari boʻladi. Ammo delegatsiyaning fikricha, buning uchun bir muddat Turkiyaning eʼtiborini boshqa narsalarga burib turish kerak boʻladi.

“Yana bir muncha vaqt Turkiyani chalgʻitib turish kerak. PYD Shimolda qonuniy hukumatni qoʻlga kiritishi bilan, sizga qarashli mintaqalarga hujum qilish ehtimoli ham yoʻqqa chiqadi. Buning uchun yana bir necha oy vaqt kerak boʻladi”, deya AQSh delegatsiyasi oʻz fikrini izor qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.