Imomali Rahmon tojikistonliklarni hijob kiymaslik va soqol qoʻymaslikka chaqirdi

996
0

Imomali Rahmon tojikistonliklarni hijob kiymaslik va soqol qoʻymaslikka chaqirdi

 Tojikiston prezident Imomali Rahmon aksariyati musulmon boʻlgan tojikistonliklarni hijob kiymaslik va soqol qoʻymaslikka daʼvat qildi. Bu haqida “Azattыk” radiosi xabar qildi.

11 iyul kungi chiqishida Rahmon hijob va aëllar kiyadigan qora liboslarning tojik milliy anʼanalariga mos kelmasligini¸ uzun soqollarning esa¸ dindorlik bilan koʻp ham aloqasi yoʻqligini taʼkidladi.

 Tojikistonliklarni “Ollohni qalb bilan sevish”ga chaqirgan Rahmon¸ musulmonlarga taqvodorlikni tashqi unsurlar bilan namoyish qilishni toʻxtatishni tavsiya qildi.

 Shuningdek¸ tojikistonliklarni oʻz tarixiy anʼanalariga sodiq qolishga chaqirgan prezident¸ ularni¸ ayniqsa¸ ëshlarni internet orqali boʻlaëtgan ët madaniyat va anʼanalar targʻibotiga uchmaslikka ham daʼvat qildi.

8¸5 millionlik Tojikistonda qizlarning oʻquv maskanlariga roʻmol oʻrashi¸ oʻquvchilarning masjidga borishi taqiqlangan. Dushanbe hukumati Iroq va Suriyadagi qurolli guruhlarga qoʻshilish ehtimoli oldini olish maqsadida Dushanbe hukumati oʻtgan oylar davomida xorij madrasalarida oʻqiëtgan minglab tojikistonlik talabani majburan vataniga qaytardi.

Turkiston:

Markaziy Osiyo respublikalarining mustabid prezidentlari AQSh bayroq qilib bergan “terrorizm”ga qarshi kurash bahonasida sof Islom dini va muxlis musulmonlarga qarshi kurash olib borishmoqda. Oʻzbekiston jallodi Karimov ham 1999-yil 16-fevral portlashlarini uyushtirganidan soʻng ommaviy ravishda Islom va musulmonlarga qarshi kurash boshlab yuborgan edi. U ham terrorizmga qarshi kurash bahonasida jamiyat ichidan islomiy koʻrinish va qadriyatlarni yoʻq qildi. Erkaklar soqoli, oq doʻppisi va ayollar hijobiga qarshi kurash boshlandi. Maktab va kollej oʻquvchilarini masjidlarga kirishiga va umuman diniy ilm olishlariga chek qoʻyildi.

Tojikiston togʻuti Imomali Rahmon esa terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bahonasida hatto yangi tugʻilgan chaqaloqlarga islomiy ismlar qoʻyishni man qildi. Kuni kecha eʼlon qilingan ismlar roʻyxatida ota-onalar uchun uch mingdan ziyod ismlardan birini oʻz farzandlariga qoʻyishlari tavsiya qilindi.

 Darhaqiqat, Tojikiston prezidenti ham oʻziga berilgan vaqtinchalik qudrat va hokimiyatda tugʻyonga ketib, oʻzini kimligini, qayerdan kelgan va qayerga borishini unutgan holda Islom va musulmonlarga qarshi kurash boshlab yubordi, ammo oʻzini qanday ayanchili oqibat kutib turganini unitib qoʻydi. 

“Kim haq yoʻlni aniq bilganidan keyin paygʻambarga xilof ish qilsa va moʻminlarning yoʻllaridan boshqa yoʻlga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qoʻyib beramiz. Soʻngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!”.  (Niso: 115).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.