Oʻzbekiston va Rossiya qurolli kuchlari hamkorlikda mashgʻulot oʻtkazadi

1173
0

Oʻzbekiston va Rossiya qurolli kuchlari hamkorlikda mashgʻulot oʻtkazadi

  Rossiya va Oʻzbekiston qurolli kuchlari soʻnggi 12 yilda ilk qoʻshma harbiy oʻquv mashqlarini oʻtkazishga tayyorlanmoqda.

 “RIA Novosti” axborot agentligi markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yordamchisi, polkovnik Yarovslav Roshchupkinga asoslanib xabar berishicha, 2017 yil oktyabrida Oʻzbekistonning Forish poligonida Rossiya qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi va Oʻzbekiston qurolli kuchlari boʻlinmalarining hamkorlikdagi mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi.

 “2005 yildan beri ilk marta Rossiya federatsiyasi va Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari harbiy boʻlinmalari 2017 yil oktyabrida Forish poligonida qoʻshma taktik oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazishadi”,- degan Roshchupkin.

 Bundan avvalroq Oʻzbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari delegatsiyalarining Toshkentdagi uchrashuvida hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazishga kelishib olingani xabar qilingan edi.

 Qayd qilinishicha, 2017 yil oxiriga qadar ikki mamlakat oʻrtasida mintaqaviy xavfsizlik, hamkorlikdagi taktik mashgʻulotlar va boshqa tadbirlar borasida shtab muzokaralari oʻtkaziladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.