Putin: Rossiyaning xalifalikka aylanishiga yoʻl qoʻymayman

482
0

Putin: Rossiyaning xalifalikka aylanishiga yoʻl qoʻymayman

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vashingtonni xalifalik tahdididan ogohlantirar ekan, rasmiy Moskva bunday boʻlishiga hech qachon yoʻl qoʻymasligini taʼkidlab oʻtdi.

 “Rossiya Janubiy Yevropadan Markaziy Osiyoga qadar xalifalik tuzish rejasini eʼlon qilgan “Islom davlati”ni keyingi hurujlariga yoʻl qoʻyishi mumkin emas”,- dedi Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounning “Putin bilan intervьyu” hujjatli filьmida.

 Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda “IShID” safida 80 mingdan ziyod jangari boʻlib, ulardan 30 mingtasi dunyoning turli davlatlari, shu jumaladan, Rossiyadan borgan yollanma jangchilardan iborat. Terrorchilar bugunda kuchlilar, chunki ular qazib olinuvchi neftning katta miqdorini nazorat qiladilar.

 “Bilasizmi,  biror-bir samoviy din  yomonlik manbai boʻlishi mumkin emas. Islomda ham koʻplab oqim va yoʻnalishlar bor. Ikki asosiysi – shialar va sunniylar. Biz ularning oʻrasida chuqur qarama-qarshilik borligini koʻrib turibmiz. Menimcha, qachonlardir bu narsa bartaraf qilinishi kerak”,- dedi Putin.

Putinning taʼkidlashicha, Moskva Rossiyaning xalifalikka aylanishiga yoʻl qoʻymaydi.

“Biz albatta bunga yoʻl qoʻymaymiz. Qarang, yana Vashington xalifalikka aylanib ketmasin”,- degan Putin.

Turkiston: 

Suriya boʻylab inqilobiy harakatlar avjiga chiqib borayotganida, Asad ham xuddi Putinning soʻzlariga oʻxshash soʻzlarni aytgan edi. U ham, “ey dunyo hamjamiyati, ogoh boʻling, Suriyadagi qoʻzgʻolonlar Islomiy Xalifalik tomon boryapti” degan edi.

Lekin Asadning hayqirigʻi haqiqatga juda yaqin va u taʼkidlagan islomiy uygʻonish shu kungacha davom etib kelyapti. Bu islomiy inqilobiy harakat olamiy kufr sistemasi va harbiy harakat quvvatlari bilan vaqtincha qamal holatida ushlab turilibdi.

Ammo Putinning vahimasi oʻrinsiz va umuman boshqa manfaatlarga qarshi yurgizilayotgan tashviqotdir. Putin Rossiyaning siyosatini ham, iqtisodini ham vayron qildi. Oxirgi 12 iyundagi Putinning rejimiga qarshi koʻtarilgan xalq namoishi Putinni dovdiratib qoʻydi. U xalqining talabiga hatto raddiya ham bildira olmayapti. Vaziyat va xalq qoʻzgʻaloni shu qadar xavfli va haqiqatga yaqinki, Rus xalqi bu talablari uchun oʻzlarini ochiq va namoishkorona kuch organlariga topshirib yuborishyapti. Yaʼni xalq Putindan qutulish uchun qurbon berishga ham tayyor ekanini koʻrsatib qoʻydi.

Lekin bu qoʻzgʻolonlarning Islom va musulmonlarga hech qanday aloqasi yoʻq! Bu bir kufr sistemasi ichidagi ikki tarafning bir biri bilan hokimiya va rejim talashish ustidagi kurashidir xolos. Putin avval bu namoyishlarda AQShning qoʻli bor ekanini aytdi. Soʻng Gʻarb saqofatining taʼsiri va kasofati sababli kelib chiqayotgan, Rossiyani parchalab yuborish harakati degan gumonni ilgari surdi. Endi esa, osongina Islom va musulmonlar tomonidan xavf kelyapti deb, ularga qarshi repressiyasini yana kuchaytirmoqchi boʻlyapti. Shunchalagan islomiy yurt va diyorlar turib, kufr diyori boʻlgan Rossiyada Xalifalikning tiklanishiga aqli bor odam ishonishi qiyin.

Putinning yana bir qator portlatuv, qoʻporuv va boshqa xudqushlik amaliyotlari uyushtirish niyati bor ekani “Islom davlati” tashkilotini vahima qilib keltirishidan koʻrinib turipti. Bu qoʻporuv amaliyotlarini u yana islomiy kuchlar tomidan amalga oshirmoqchi. Chunki Navalьniy bosh boʻlgan Putinga qarshi namoyishchilar tomonidan hech bir joyda hukumat organ xodimlariga qarshi agressiv harakatlar kuzatilmadi. Ular hech qanday provokatsiyaga yoʻl berishmadi. Putin minglagan namoishchilarni qamab yuborgani bilan, butun dunyo oldida juda sharmandali va magʻlub holatda qoldi. Shuning uchun u yana musulmonlar nomidan vahima koʻtarish bilan navalniychilar yurishlarini oldini olmoqchi boʻlayapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.