Mattis: AQSh armiyasining urushga tayyorgarligi meni larzaga soldi

468
0

Mattis: AQSh armiyasining urushga tayyorgarligi meni larzaga soldi

AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mattis davlat byudjetidan Pentagonga mablagʻ ajratilishining qisqartirilishi AQSh armiyasining urushga tayyorgarlik holatini zaiflashtirganligini va bu uni hayratdan yoqa ushlashga majbur qilganligini bildirdi. Mattis bu haqida AQSh Prezidenti Donald Trampning 2018 yilga doir byudjet taklifi borasida tashkil qilingan Vakillar palatasi Harbiy Kuchlar qoʻmitasi majlisida soʻzlagan nutqida aytib oʻtdi.

“Men byudjet qisqartilishi qarori kuchga kirishidan uch oy oʻtib nafaqaga chiqqan edim. Oradan toʻrt yil oʻtgach yana (Pentagonga) qaytar ekanman, armiyamizning urushga tayyorgarlik holatini koʻrib, hayratdan yoqa ushlab qoldim”, dedi Mattis. U yana “Byudjet qisqartirilishi armiyamizning urushga tayyorgarlik holatiga yetkazgan zararni hech bir dushman yetkazgan emas”, deya qoʻshimcha qidi.

AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) davlat byudjetidan umumiy mudofaa xarajati uchun 574 milliard dollar va qoʻshimcha sarf xarajatlar uchun 65 milliard dollar, jami 639 milliard dollar talab qilgan edi. Trampning byudjet rejasi esa Pentagon byudjetida sezilarli ortish amalga oshirilishini nazarda tutsa-da, biroq kuch ishlatish tarafdorlari boʻlgan Respublikachilar talab qilgan byudjet ortishidan ortda qolmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.