Xitoy hukumati musulmonlardan islomiy ismlarni oʻzgartirishni talab qilyapti

1002
0

Xitoy hukumati musulmonlardan islomiy ismlarni oʻzgartirishni talab qilyapti

 Shinjon viloyatini bosib olganidan beri Islom va musulmonlarga qarshi ayovsiz kurashib kelayotgan mushrik Xitoy hukumati muborak Ramazon oyida uygʻur musulmonlariga yana bir yangi talab qoʻydi.

 Bunga qadar musulmon erkaklarga oq doʻppi kiyish, soqol qoʻyish, ayollarga esa niqob va hijoblanib yurish, oʻz farzandlariga islomiy tarbiya berish, Qurʼon va hadis oʻqitish taqiqlanib, davlat xizmatchilari va talabalarga Ramazon oyida roʻza tutish manʼ qilingan boʻlsa, joriy yil boshidan boshlab yangi tugʻilgan chaqaloqlarga islomiy ismlar berishga toʻsiq qoʻyilgan edi.

 Endilikda esa uygʻur musulmonlaridan 16 yoshgacha boʻlgan farzandlarining islomiy ismlarini oʻzgartirish talab qilina boshlandi.

 “The Guardian” nashrining xabariga koʻra, endilikda Islom, Qurʼon, Makka, Jihod, Imom, Saddam, Haj, Arofot va boshqa bir qancha ismlarni nafaqat yangi tugʻilgan chaqaloqlarga qoʻyish, balki kimning ismi islomiy boʻlsa oʻzgartirish talabi qoʻyildi. Musulmonlardan farzandlari ismlarini mahalliy roʻyxatga olish boʻlimlarida oʻzgartirish talab qilinmoqda. Hammasi boʻlib islomiy maʼnolarga ega 15ta ism taqiq ostiga tushgan.

 Turkiston:

Xitoy hukumati uygʻur musulmonlarini oʻz eʼtiqodlaridan qaytarish, diniy ibodatlardan toʻsish maqsadida ularga nisbatan zulmlarini dunyo hamjamiyati, xususan islomiy yurtlar rahbarlari sukuti ostida amalga oshirib kelmoqda. Musulmon yurtlar rahbarlari oʻz zimmalaridagi vojib vazifani unitib qoʻyganlari uchun ham Xitoy va dunyodagi boshqa koʻplab davlatlar Islom dini va musulmonlarga qarshi borishga jurʼat qilishmoqda.

Shunday ekan musulmonlar AQSh yoʻrigʻi boʻyicha harakatlanadigan dunyo hamjamiyati va uning koʻrsatmalaridan qilcha ham chetga chiqishga qodir boʻlmagan islomiy yurtlar hokimlaridan umid qilmay nafaqat musulmonlarni, balki butun insoniyatni kapitalistik tuzumning xorlik iskanjasidan haqiqiy tinchlik va xotirjamlikka olib chiquvchi islomiy Xalifalik davlatini qayta barpo etish yoʻlida birlashmoqlari zarur.

 Faqat Xalifalik davlatigina nafaqat Sharqiy Turkistondagi balki barcha islomiy yurtlardagi musulmonlarning xavfsizligi va haq-huquqlari toʻla taʼminlay oladi. Faqat ana shundagina musulmonlar hech kimdan hayiqmagan holda butun olamlarni Yaratuvchisi boʻlgan Alloh Taoloning barcha buyruqlarini emin-erkin bajarish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.