Frantsiyada yangi prezident saylandi

478
0

7 may kuni Frantsiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi oʻtkazildi. Saylovchilar ovozlarining dastlabki hisobiga koʻra, Frantsiyada “Oldinga” xarakati asoschisi Emmanuelь Makron (66,1%) oʻz raqibi “Milliy front” yetakchisi Marin Le Pendan (33,9%) ikki baravar ortiq ustunlik bilan gʻalaba qozondi.

Makron hozirgi kunda 39 yoshda. U Frantsiya tarixidagi eng yosh prezident boʻldi. Kuzatuvchilar fikriga koʻra, Le Pen gʻalaba qozonsa Frantsiyada beqarorlik yuzaga kelishidan hadiksiragan saylovchilar tufayli Makron prezidentlikka erishgan.

Makron oʻz siyosiy qarashlarida Shimoliy Amerika va Yevropa ittifoqi davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy hamda harbiy sohalarda yaqin hamkorlik qilish tarafdori sifatida oʻzini namoyon etgan.

Yevropaning tiklanishi – Frantsiya va Yevropaning siyosiy bichimi haqida tilga olganda dunyo OAVlari oʻz xursandchiliklarini yashirmayaptilar. Makron gʻalabasi “Evropadagi hukmron siyosiy doiralarga juda tez quvonch keltirdi”, – deb yozadi New York Times.

“Evro valyutasi koʻtarilmoqda”, deb yozadi Wall Street Journal nashriyoti. “Evro valyutasi yuqoriga koʻtarilmoqda. Yevro siyosiy tashvishlarni ortda qoldirgan holda yuqoriga koʻtarilish uchun harakat qilmoqda”,- deb yozadi nashriyot. Emmanuelь Makron prezidentlik saylovidagi gʻalabasidan soʻng, “Evro valyutasi 7 oy ichida birinchi marta dollarga nisbatan yuqori darajaga yetdi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.