2012 yil 1 noyabr payshanba kuni Mahmud Abbos «Isroil» televideniesining ikkinchi kanaliga intervyu berdi. U o’z intervyusi bilan Falastin Ozodlik tashkiloti ham, uning rejimi ham, o’zlarini yurtning etakchilari deya iddio qilayotgan Abbos nusxasidagi boshqa kimsalar ham Falastin va uning ahli boshiga tushgan ofat ekanini, ularning birortasi ham bu Ummatdan emasligini shubhasiz va izohlashga o’rinsiz ravishda tasdiqlab qo’ydi. Shuningdek, bizning – Falastin Ozodlik tashkiloti paydo bo’lgan birinchi kunidanoq mana shu «Isroil»ni tan olish uchun paydo bo’lgan, deya aytib kelgan so’zlarimizni ham yana bir bor tasdiqladi.
Abbos o’z intervyusida bunday dedi: «Mening nazarimda, bugun Falastin 67 yilgi chegaralarda bo’lib, Sharqiy Quddus uning poytaxtidir. Bu hozir va to abad shunday bo’lib qoladi… Nazarimda Falastin mana shu». Yana bunday dedi: «Men uchun Falastin G’arbiy Sohil va G’azodir, qolgan qismlar esa Isroildir…». Yana bunday dedi: «Men Safadni ko’rishni istayman, uni ko’rishga haqqim bor, u erda yashashga emas».
Biz – Abbos ushbu bayonoti bilan «qaytish»ni bekor qildi desak, xato bo’ladi. Chunki rejim ham, undan oldin Ozodlik tashkiloti ham «qaytish huquqi», degan iborani to’qib chiqarishgan va o’z qomuslaridan «Falastin ozodligi» so’zini olib tashlashgan paytdan buyon uni bekor qilib bo’lishgan. Zero, Falastinni ozod qilish qaytishga aniq olib boruvchi birdan-bir amaldir. «Qaytish huquqi», degan narsa esa Falastin masalasini qochqinlar, insonparvarlik va konpensatsiyalar kabi masalalarga aylantirishdan o’zga narsa emas.
Balki shuni aytish lozimki, Abbos, uning rejimi va tashkiloti Falastin va ahliga yot begonadir. Axir, qalbida zarracha musulmonligi yoki ularning ta’biri bilan aytganda, vatanparvarligi bor kishi Falastin qaerdan qaergacha degan masala bilan o’ynashishga jur’at qila oladimi?! Yahudiylarni Falastinning aksar qismi va Quddusi sharif hozir ham, kelajakda ham Isroil ekanini aytish bilan yahudiylarni tinchlantirishga er kishini tili aylanadimi?! Buni dushmandan yoki yahudiydan boshqa kishi gapirmaydi.
Ayrim kimsalarning mustamlakachi kofirlarga, Abbosga, uning rejimiyu tashkilotiga taqlidan «qaytish huquqi» so’zini qayta tilga olayotgani yahudiylar davlatini muqaddaslashtirishdan o’zga narsani anglatmaydi. Shuning uchun Falastinni qizg’anadigan xolis kishilar Falastin masalasiga nisbatan o’z fikrlarini, amallarini va siyosiy ma’ruzalarini faqat bitta masalaga xolis qaratsinlar, u ham bo’lsa, armiyalarimizni harakatga keltirib, Falastinni ozod qilish masalasidir. Boshqa har qanday so’z Abbos va uning gumashtalariga, barcha mustamlakachi kofirlarga xizmat qiladi.
Ey musulmonlar, ey Falastin ahli!
Bu bir siqim kimsalar Falastin masalasini jarlik yoqasiga olib kelib qo’yishdi. Ular tutgan pozitsiya yahudiylarning Falastin masalasidagi pozitsiyalariga ochiqdan-ochiq deyarli mos kelmoqda va ular bilan yahudiylar o’rtasida o’xshash jihatidan, faqat bir qarich masofa qoldi, xolos! Shu boisdan ular sizni va Falastinni bundan ham kattaroq halokatga mubtalo qilmasliklari, bundan ham ayanchliroq fitnaga giriftor etmasliklari uchun siz ularga qarshi turib, qo’llaridan tutib, aqlsizliklarini fosh etmog’ingiz lozim. Siz agar ularni inkor etmaydigan bo’lsangiz, ularning noqonuniyliklarini va siz ulardan ham, amallaridan ham qo’llaringizni yuvganingizni ochiq bildirmasangiz, Alloh sizni so’roqqa tutajagi shubhasiz.
Butun dunyo musulmonlari esa Falastinni yahudiylar iflosliklaridan ozod etmoqlari vojib. Qay yo’l bilan bo’lsa ham, ular bor ovozlari bilan hayqirmoqlari va Falastin masalasini yahudiylarning do’stlari bo’lmish ana u rejim va Ozodlik tashkiloti shug’ullanayotgan siyosiy o’g’irlikdan xalos etmoqlari shart.
Shubhasiz, Falastinni Ummat qadriyatlarini va Falastin ahlini yahudiylar, davlati, armiyasi va manzilgoh quruvchilari xizmatiga topshirib qo’yayotgan anavi qullar hargiz ozod etishmaydi. Balki uni Alloh Taolo aytgan ushbu sifatlarga loyiq qo’shinlar ozod etadilar:
«… bizning qattiqqo’l bandalarimiz…» [Isro 5]
«Bizning qo’shin albatta g’olib bo’ladilar» [Saffot 173]
Alloh Taolo ushbu kalomi bilan qo’shinni ulug’lab, O’ziga yaqinliklariga ishora qilib, ularni O’ziga mansub qildi. Bular Islom qo’shinlari, Xalifalik lashkarlaridirlar. Shunday ekan, ular yo’lida faoliyat qiluvchilardan bo’ling
«Albatta Alloh va Rosulining chegarasidan chiqqan kimsalar – ana o’shalar eng xor kimsalar qatoridadirlar! Alloh – shak-shubhasiz Men O’z payg’ambarlarim bilan birga g’olib bo’lurman, deya yozib qo’ygan. Albatta Alloh kuchli, qudratlidir» [Mujodala 20-21]
Hizbut Tahrir 18 zul-hijja 1433h Falastin 3 noyabr 2012m