AQSh Suriyaga hujumi ortidan yuzaga kelgan baʼzi noaniqliklar

776
0

AQSh Suriyaga hujumi ortidan yuzaga kelgan baʼzi noaniqliklar

Suriyada kimyoviy qurolni ishlatgan Asad rejimiga qarshi soʻnggi kunlarda xalqaro hamjamiyat ayoqqa turdi va har tarafdan birin ketin bayonotlar berila boshladi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham Asadga nisbatan munosabati oʻzgarganligini maʼlum qildi va uni qizil chiziqdan oʻtib ketishda aybladi. Shundan soʻng juma kuni tongda AQSh samalyotlari Suriyaning Shayrat bazasiga havodan hujum uyushtirdi.

Hujum boshlanishi bilan avvaldan tayyor turgan dunyo axborot tizimlari “qaynoq” xabarlarni tarqata boshladi. Gʻarb ommaviy axborot vositalarining dastlabki tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, AQSh Asad rejimiga qarshi “haqiqiy hamla”ni boshlagan.

Biroq Asad rejimining “bizning hujumdan xabarimiz bor edi”, degan bayonoti va uning ortidan oshkor boʻlgan baʼzi tasvirlarda aks etgan bazadagi tanklar, samolyotlar, radar va qurol tizimlarining hech biri zarar koʻrmagan holda oʻz oʻrnida turishi AQSh hujumini “teatr”dan iboratligiga ishora qilmoqda.

Tasvirlardan maʼlum boʻlishicha, bazaning boʻsh yerlari hujumga tutilgan. Samolyotlar, vertolyotlar, tanklar va radar tizimlari zarar koʻrmagan. Bundan tashqari, AQSh oʻzining hujumlari haqida Rossiyaga xabar berishi ortidan Damashq hukumati Shayrat havo bazasidan xodimlarini olib chiqib ketganligi haqida xabarlar ham tarqaldi. Misrga qarashli axborot agentliklari tarqatgan xabarlarga koʻra, Kasiyun togʻidagi harbiy lagerlar “AQShdan kutilayotgan hujum” tufayli oldindan evakuatsiya qilingan.

Bu maʼlumotlar ortidan shunday savollar tugʻulishi tabiiy:

AQSh modomiyki Asad rejimiga qarshi hujum boshlar ekan, hujum soatlarini va joyini nima uchun oldindan Rossiyaga maʼlum qildi? Vaholangki Rossiya bundan Asadni xabardor qilishi AQShga maʼlum emasmi?

Hujumdan oldin Eron va Rossiya qoʻmondonlarining havo bazasidan olib chiqib ketilishi bu hujumning kelishilgan holda amalga oshirilganligidan dalolat beradimi?

Shayrat havo bazasi urushda faol ishtirok etayotgan bazalardan boʻlmagan. Keyingi paytlarda taʼmirga muxtoj boʻlib qolganligi sababli taʼmir ham qilingan. Strategik baza ham boʻlmagan. Bu bazaning ishlatilmay qolishi uning ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatmaydimi?

Asad rejimiga qarashli Mayadin axborot agentligi havo bazalardagi samolyotlar hujumdan oldin evakuatsiya qilinganligi haqida xabar tarqatdi. Shunday ekan AQSh nega boʻshatib qoʻyilgan harbiy bazalarga hujum qildi?

Amerikaning Suriya havo bazasini hujumga tutishi faqat koʻrgazma uchun va Idlib hodisasi ortidan musulmonlarni gʻazabini bostirish uchun amalga oshirilganligini koʻrsatadimi?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.