«Xizbulloh» Suriyada demokratik islohatlar tarafdori.

449
0

000

«Xizbulloh» shiyalar guruhining etakchisi Hasan Nasrullo, guruhning Suriyadagi voqealarga aralashishligini, “u erda Livan hamda qarshilik kuchlariga tahdid uyg’otuvchi xavfli fitna chiqmasligi uchun”, deya izohlab bayonot berdi. Televidenie orqali navbatdagi murojaatida u shia faollarining Suriyadagi yo’nalishi “yaxshilab o’ylab ko’rilgan qaror” bo’lganligini qayd qildi.

Nasrullo “mas’uliyatni o’z gardaniga olishini” va jangchilarini u erdan chaqirib olishlik haqida hatto o’ylab ham qo’ymayotganini ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, “hal qiluvchi g’alaba xali qo’lga kiritilgani yo’q, vaholangki suriya rejimi dushmanlarining rejalari barbod bo’lishiga yaqin qolgan bo’lsa ham”.

“Biz boshidanoq, rejimni qo’llab quvvatlaganday, islohotlar uchun harakat qilayotgan muxolifatni ham qo’llab quvvatlab keldik, – belgilab o’tdi «Xizbulloh» etakchisi. – Biz Suriya hodisalariga hammadan keyin aralashdik, chunki, ikki yil mobaynida butun dunyodan o’n minglagan yollanganlarni Suriyaga safarbar qilayotganlarning bu erda demokratik islohotlarni xohlayotganliklariga shubha qilib qoldik. Biz rejimga alternativ sifatida anarxiya va o’zlarini qurolli muxolifat deb atayotgan, murosaga kelmaydigan o’taketgan mutaassiblar boshqaruvi kelayotganini ko’rdik”.

Uning takidlashicha, Suriya Arab Respublikasidagi nizo, ba’zi telekanallar sifatlashlikka harakat qilayotganday, shiyalar va sunniylar qarama-qarshiligi emas. “Shu mamlakatni parchalashlikka yo’naltirilgan va butun mintaqaga tahdid olib keluvchi reja mavjud bu erda”, – bayon qildi Nasrullo.

Maydonda shiya jangchilarining paydo bo’lishi Qusayr uchun janglarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lganligini etirof qila turib, u, shu vaqtning o’zida «Xizbulloh» Suriyaning butun hududida janglarda qatnashayotganligi haqidagi fikrlarni rad etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.