Putin: Qirgʻizistonda fitosanitariya nazorati sohasida muammo bor

836
0

Putin: Qirgʻizistonda fitosanitariya nazorati sohasida muammo bor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har yilgi anʼanaviy katta matbuot yigʻinida Qirgʻizistonda fitosanitariya nazorati sohasida muammolar mavjud ekanligini maʼlum qildi. Putin bu fikrini Yevroosiyo iqtisodi ittifoqi barcha aʼzolariga bir xil foyda keltirmagani va Qirgʻizistonda tashkilotga ishongan dehkonlar xanovayron (bankrot) boʻlganini aytgan jurnalistning savoliga javob berayotib aytib oʻtdi.

“Bu mamlakat (Qirgʻiziston)ning Qozogʻiston va Rossiya bilan muomilalarida ayrim qiynchiliklar bor. Qishloq xoʻjaligi sohasida Qirgʻizistonda fitosanitariya nazorati masalasida muammolar bor. Biz qoʻlimizdan kelgan yordamni berib kelyapmiz. Qozogʻiston ham shunday qiladi degan umiddamiz. Qanday qilib boʻlsa ham biz oʻz bozorimizni tekshirilmagan, standartlarga javob bermagan oziq-ovqatdan himoya qilishimiz kerak”,- dedi Putin.

Turkiston:

“Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi” deb nomlangan kufr sistemasining tuzogʻi Qozogʻistonga qoʻl keldi. Rossiya va Qozogʻistondan bizga kirib kelayotgan oziq-ovqat va xom ashyolar Qirgʻizistonda fitosanitariya laborotoriyasi boʻlmasa ham tekshiruvsiz toʻgʻri kirib kelyapti. Demak, biz ularning laborotoriyalariga ishonch bildiryapmiz. Oʻzbekiston va Tojikiston bu ittifoqqa qoʻshilishdan bosh tortishdi. Ular Qozoq, toʻgʻrirogʻi Qozogʻiston chegarasidan belgilangan Yevroosiyoning fitosanitariyasiga bogʻlanib qolishmadi. Ilgarigidek Qozogʻistondan tranzit haqqini toʻlab oʻtib yurishipti. Rossiyaga maxsulot Qozoqnikimi yoki Oʻzbek, Tojik yoki Qirgʻiznikimi farqi yoʻq. Maxsulotining sifati va xavfsizlik standartlari toʻgʻri kelsa boʻldi.

Qozogʻiston vaziyatdan foydalanib oʻzining dexqon va ishbilarmonlarini himoya qilish maqsadida, Qirgʻizistondan ittifoq mamlakatlari bozorlariga oʻtib borayotgan baʼzi maxsulotlarni Yevroosiyo ittifoqi hududiga kirishdan man qila boshladi. Yaʼni oʻzida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va yetishtirilayotgan meva, chorva va sabzavotlarni tashkioltga aʼzo davlatlar bozoriga yetkazib berib, Qirgʻizistondan keladiganini deyarli oʻtkazmay qoʻydi. Natijada Qirgiz iqtisodiyoti va xalqning manfaatlari izdan chiqib, minglagan fuqarolar aziyat chekishyapti. Tikuvchilik tsexlari deyarli toʻxtab qoldi, bozorlar yopilayapti. Chorva mollari toʻplanib, chorvadorlarni ziyonga tortib boryapti.

Putin bu firibgarlikdan xabardor ekan. Lekin u Qirgʻiziston uchun Qozogʻistonni oʻrtasiga tushmaydi. Har qanday mamlakat Qozogʻistonning oʻrnida boʻlsa shunday qilgan boʻlar edi. Yaʼni oʻz mamlakati va fuqorosini himoya qilish uchun sharoiti paydo boʻlganida, oʻzga mamlakat va fuqarolarni kamsitib, xorlab boʻlsa ham oʻz manfaatini boshqadan ustun koʻrgan boʻlar edi. Bu Qirgʻiz hukumatining xatosi. Bu qirgʻiz hukumatini oddiy elementar iqtisodiy tuzoqni koʻra oladigan tajribasini yoʻq ekanligining dalili. Yoki ochiq hiyonotining isboti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.