Suriya rejimi tomonidan yosh bolalarga nisbatan qiynoqlar va jinsiy tajovuzlar qo’llanmoqda

581
0

000

BMT Suriyadagi yosh bolalarning ahvoli haqida hisobot taqdim qildi. Hisobotda Bashar Asad armiyasi yosh bolalarni qiynoqqa solgani va jinsiy tajovuz qilgani keltirildi.

BMTning “Qurolli to’qnashuvlar va bolalar” nomli hisobotida qayd etilishicha, Suriya va Malida kechayotgan janglarda yosh bolalarning jismonan qiynoqqa solingani, ularga jinsiy tajovuz qilingani va otib o’ldirilganligi haqida ma’lumotlar bor.

BMT bosh kotibi Pan Gi Munning “Qurolli to’qnashuvlar va bolalar” mavzusi bo’yicha xos vakili Leyla Zerougui hisobotga bog’liq matbuot anjumanida o’tgan yil bu mavzuda ba’zi o’lkalarda ijobiy o’zgarishlar bo’lganligini ma’lum qilib,“ammo bugungi kunda Suriya, Mali va Markaziy afrika davlatlarida vaziyat o’ta og’ir holda qolmoqda”, deya bildirdi.

Hisobotda Suriyada Asad rejimi tomonidan yosh bolalarni e’tiborga olmay bombalar yog’dirishlar, ularning sneyprlar o’qidan halok bo’lishlari va jonli qalqon sifatida yoki terror amaliyotida foydalanganliklari qayd etildi.

Suriya rejimi muxolif guruhlarga doir ma’lumot olish uchun yosh bolalarni qamoqqa olib qiynoqqa solganligi va harbiylarning ularga jinsiy tajovuz qilganligi ochiqlandi.

Shuningdek, hisobotda Suriya harbiylari vajosuslik xizmatixususan o’g’il bolalarni elektr toki orqali qiynoqqa solganliklari, kaltaklaganliklari va jinsiy tahqirlaganliklari alohida tilga olindi.

Ba’zi bolalar pul to’lab ozod qilinishi uchun yoki muxolif guruhlar safida jang qilayotgan otasi yoki qarindoshlari taslim bo’lishi uchun garovga olinganligi qayd etildi.

Idlib mintaqasida yashovchi 16 yoshlik bir bolaning so’zlari tinglandi. U 14 yoshli ukasining davlat harbiylari tomonidan qamoqxonada tajovuzga uchragani va qanlay o’ldirilganligini so’zlab berdi.

Hisobot so’ngida Suriya ozod qo’shini ham 15-17 yoshdagi bolalar qo’liga qurol tutqazgani tilga olinib, Suriya davlat harbiylaridan bolarga nisbatan qo’llanayotgan bu ishlarga chek qo’yish talab qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.