Arakanda vaziyat kundan kunga ogʻirlashmoqda
Mьyanma butparastlari Arakan viloyatida istiqomat qiladigan musulmonlarni turli usullar bilan qatl qilish, uylariga oʻt qoʻyish, farzandlarini ayanchli qiynoqlarga solish, xotin-qizlarini nomuslarini toptash kabi jinoyatlarni tinimsiz davom ettirishmoqda. Shu paytgacha qirgʻinlarni amalga oshirish oddiy butparast aholiga qoʻyib berilgan boʻlsa, endilikda bu jinoyatlar hukumat boshchiligida armiya qoʻli bilan amalga oshirilyapti. Davlat butun boshli armiyani arakanliklar qishloqlariga safarbar qilgan.
Soʻngi olingan xabarlarda aytilishicha, Mьyanma politsiyasi va kuch ishlatar organlaridan iborat bir guruh bosqinchilar musulmonlar uylariga bostirib kirib, son-sanoqsiz muslima qizlarni qoʻllarini bogʻlab nomusiga tajovuz qilgan. Bu hodisa qishloqning barcha erkaklarini politsiya mahkamasiga majburan olib ketilgandan soʻng amalga oshirilgan.
Gʻarbning “inson huquqlarini himoya qilkuvchi” tashkilotlari Mьyanma hukumatidan bu zulmlarga chek qoʻyishni emas, faqat u yerga yordam tashkilotlari va jurnalistlarning kirishiga ruxsat berishini talab qilishmoqda. Ularga koʻra, bu vahshiyliklar dunyo koʻz oʻngida sodir etilayotganiga qaramay, oʻzlari tomonidan tekshirilib chiqilishi kerak.
Birlashgan millatlar tashkiloti Arakan jinoyatlari yuzaga kelgan kundan boshlab hozirgi kungacha boʻlib oʻtgan vahshiyliklardan xabardorligi hech kimga sir emas. Shunday boʻlsa-da faqat tanqid qilish va xavotirlanishdan nariga oʻtmayapti. BMT vakili kuni kecha bergan bayonotida ham faqat Mьyanma hukumatini ayblab qoʻyish bilan kifoyalandi.
BMTning qochqinlar boʻyicha oliy qoʻmitasining vakili Jon Mckissick Mьyanma hukumatini musulmonlarga nisbatan etnik tozalash oʻtkazishda aybladi. Mckissick VVS axborot agenligiga bergan intervьsida arakanlik musulmonlarni oʻldirish, uylariga oʻt qoʻyish, yosh bolalarini ogʻir qiynoqlarga solish, ayollarni zoʻrlash kabi ogʻir jinoyatlar harbiylar tomonidan sodir etilganligini bildirdi.
Aslini olganda BMT Arakan hukumatiga bosim oʻtkazishga va musulmonlarga nisbatan amalga oshirilayotgan qirgʻinlarni toʻxtatib qoʻyishga qodir. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli Xavfsizlik kengashining vazifasi xalqlar oʻrtasida tinchlikni saqlash va xavfsizlikni taʼminlashdan iboratdir. Bu kengash tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan janjallarga bevosita burnini tiqish va tinchitib qoʻyish huquqiga ega. Tomonlar uning aytganlarini bajarmagan taqdirda temir yoʻl, dengiz va havo yoʻllari, pochta, telegraf, radio yoki iqtisodiy aloqalarni uzib qoʻyish huquqiga ega. Agar bu ham kifoya qilmasa, qurolli kuchlarni ishga solishga haqli. Bu huquq faqat BMTning Xavfsizlik kengashiga berilgan. Ammo u Arakan qirgʻini boshlangandan buyon faqat ayblash va xavotir bildirish bilangina cheklanib keladi xolos.