Peskov: Suriya rejimi qulasa hokimiyatni “radikallar” egallaydi

502
0

Peskov: Suriya rejimi qulasa hokimiyatni “radikallar” egallaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyada Bashar Asadning hokimiyatda qolishi zarur ekanligini taʼkidlab chiqdi. Peskovning daʼvo qilishicha, Suriya boshqaruvi radikal (demokratik boshqaruvga rozi boʻlmaydigan) musulmonlar qoʻliga tushib qolmasligi uchun hozirgi Suriya rejimi saqlanib qolishi kerak. Chunki agar Asad rejimi qulasa, “radikal” musulmonlardan boshqa uning oʻrnini egallaydigan taraf yoʻq.

Rossiyaning 1 kanali orqali efirga uzatiladigan “Shanba Yangiliklari” teledasturida ishtirok etgan Peskov Bashar Asad rejimining qulashi musulmon unsurlar uchun gʻalaba keltirishini olgʻa surdi. Peskovga koʻra, bu holat mintaqada siyosiy yechim topish imkoniyatini umuman yoʻqqa chiqaradi.

“Oldimizda faqat ikki tanlov bor. Suriyada Asad rejimi iqtidorda qoladi yoki uning oʻrnini mujohidlar egallaydi, boshqa tanlovimiz yoʻq. Oʻlkada siyosiy yechimni joriy qilishimiz uchun Asad oʻz oʻrnida qolishi lozim”, dedi Kreml soʻzchisi.

Asad rejimi qulab, hukumat boshiga musulmonlar keladigan boʻlsa, siyosiy yechimga imkon qolmasligini taʼkidlagan Peskov “Suriya inqirozini hal qilish uchun xalqaro hamjamiyat uzoq vaqt va juda koʻp harakat qilishi zarurdir. Barcha Suriya hududi qaytarib olinishi kerak. Mamlakat parchalanib ketmasligi uchun nima kerak boʻlsa, qilish kerak. Aks holda, bu butun mintaqa uchun falokat boʻladi”, deya qoʻshimcha qildi Peskov.

Tahlil:

Yuqorida yoritilgan narsalarga koʻra, Suriyadagi voqealar oqimini qoʻzgʻolon boshlangandan buyon diqqat bilan toʻxtovsiz kuzatib kelayotgan xolis kishi, avvalda Rossiyaning xavfsizlik kengashida xalqaro qoralashga qarshi Amerika malayi boʻlgan Suriya rejimini himoya qilish rolini bajarganiga guvoh boʻladi. Keyin Eron bilan birga bu rejimni qurol-yaroqlar bilan taʼminlab turganiga guvoh boʻladi. Keyin esa rejimni himoya qilish, qoʻzgʻolonchilarni Amerikaning siyosiy yechimiga va ularga muhlat ketidan muhlat berayotganiga majburan koʻndirish maqsadida Suriyada bevosita harbiy aralashuv olib borganiga guvoh boʻladi. Xolis kuzatuvchi kishi mana shu yoritilgan narsalarga guvoh boʻlgandan soʻng faqat bir narsani tan olishdan oʻzga chorasi qolmaydi. U ham boʻlsa, Rossiya Suriyada faqat AQSh ishini bajarmoqda, maqsadi, Amerikaning siyosiy yechimini amalga oshirish va qonxoʻr rejimni armiyasi bilan xavfsizlik tizimini saqlab qolish.

Suriya masalasida Rossiya bilan AQSh oʻrtasidagi aloqa haqiqatda mana shunday. Koʻpchilik bizga ham tiqishtirishga urinayotgan raqiblik aloqasi emas. Aksincha, Amerika Rossiyadan foydalanmoqda, uni qonxoʻr rejimni saqlab qolish va muborak Shom qoʻzgʻoloniga yakun yasashdek oʻz maqsadlarini amalga oshirishga ishlatmoqda. Muborak Shom qoʻzgʻoloni esa, Amerikaning halovatini buzdi, prezidenti sochlarini oqartirib tashladi. Biz Alloh Taologa duo qilib, qoʻzgʻolon vaqtini uzaytirmasligini, yer yuzining chor atrofiga sochilajak nurni tezroq balqitib chiqarishini va Shomning xolis farzandlari qoʻli bilan Oʻzining vaʼdasini, suyukli Rosulimiz A.S.ning bashoratlarini roʻyobga chiqarishini, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishini soʻrab qolamiz.

وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ * وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِي الأَرْضِ وَنُرِي فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُوا يَحْذَرُونَ

“Biz yer yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz” [Qasos 5-6

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.