Qirgʻiziston parlamenti konstitutsiyaning asl nusxasini yoʻqotib qoʻydi

860
0

Qirgʻiziston parlamenti konstitutsiyaning asl nusxasini yoʻqotib qoʻydi

Qirgʻiziston parlamenti mamlakat konstitutsiyani oʻzgartishga oid referendumni tayinlash boʻyicha qonun loyihasini muhokama qilayotgan vaqtda deputatlar bir jihatga eʼtibor qaratishgan. Parlamentariylarning aytishicha, mamlakat asosiy qonunining asl nusxasi yoʻqligi aniqlangan.

Sentyabr oyi oxirida Qirgʻiziston respublikasi parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga oʻzgartish kiritishga doir umumxalq referendumini oʻtkazishni 2016 yil 4 dekabriga belgilagan edi. Yaʼni referendumni mahalliy saylovlar bilan bir vaqtda oʻtkazish orqali 4 mln dollarga yaqin mablagʻni tejash rejalashtirilgandi. Biroq, 10 oktyabr kuni prezident Atambayev mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarni 11 dekabrda oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Shu munosabat bilan referendum muddatini ham koʻchirish masalasi kun tartibiga chiqdi.

Qonun loyihasini muhokama qilish chogʻida “Ata-Meken” parlament fraktsiyasi davlat hokimiyati organlariga murojaat qilib, mamlakat asosiy qonunining ilk nusxasini koʻrsatishni talab qilgan. Ammo, bugungi kunda adliya vazirligi hamda prezident devoni hujjatning faqat nusxasiga ega ekani aniqlangan.

“Oʻzgartish kiritishdan avval, uning aslini topishimiz kerak, aks holda biz nimaga oʻzgartish kiritayotganimiz noaniq boʻlib qoladi”,- degan respublika sobiq prokurori, deputat Aida Salyanova. Sotsialistlar, shuningdek, konstitutsiyaning aslini topish uchun maxsus komissiya tuzishni ham taklif qilishgan.

Turkiston:

Konstitutsiya – bu hokimiyat salohiyatini bir odamga yoki guruhga saylov yoʻli orqali oʻtkazib bergan fuqorolar (xalq)ning shu hukmni ijro etuvchi toifa bilan oʻrtalarida tuzilgan bitimdir. Yaʼni, salohiyat xalqniki. Xalq esa, ijtimoʼiy vujud (har xil fikrlarga ega boʻlgan odamlardan tashkil topgan)boʻlgani sababli oʻzini oʻzi boshqara olmaydi. U hatto oʻzi uchun oʻzi hukm ham chiqara olmaydi. Shuning uchun u oʻzining ichidan, yetakchi yaʼni jamiyatdagi eng ustivor boʻlib turgan fikr tarafdori va ilgʻorlaridan biriga bu salohiyatini topshiradi. Salohiyatni qabul qilib olayotgan yetakchi guruh salohiyat egasi boʻlgan fuqorolari bilan ularni qanday va qaysi asoslar bilan boshqarishi kerakligi haqida bitim tuzib oladi. Bu bitimni nomini konstitutsiya deb nomlashdi. Bu tartib har qanday jamiyatda deyarli shu tariqat bilan olib boriladi.

Islomiy davlatda ham, musulmonlar (xalq) oʻz salohiyatini Xalifaga saylov yoʻli bilan oʻtkazib berishlari orqali Xalifa qonuniy tus olib, mutlaq salohiyat egasiga aylanadi. Islom bilan kufr oʻrtasidagi farq shuki, Xalifa salohiyatni xalqdan olgani bilan, biroq ijroiy dasturini ham, hukm olib borishdagi salohiyat chegaralarini ham Allohning nususlariga asoslangan sharʼiy hukmlardan oladi. Kufr sistemalarida esa, hukumdorlar ijro etishayotgan qonun dasturlarini salohiyat bergan xalq vakillari tomonidan ishlab chiqarilgan asoslardan oladi. Har qaysi holatda ham, oʻrtalaridagi bitim boʻlishi shart.

Qirgʻizistonda xalq bilan hokimiyat oʻrtalaridagi oʻsha imzolangan (konstitutsiya) bitim yoʻq emish. Ular hukm olib borishayotgan hozirgi konstitutsiyalari esa, koʻchirilgan nusxa yoki umuman boshqa dastur boʻlib, imzolanmagan yaʼni salohiyat xalq tarafidan hokimiyat tabaqaga topshirgani tasdiqlanmagan hujjat ekan. Bu holatga qonuniy nuqtaiy nazar bilan qaraganimizda, mavjud hokimiyatda uni salohiyat egasi ekanini tasdiqlovchi hujjat yoʻq. Bu holatda salohiyat xalqqa qaytib oʻtib ketishi kerak.

Bu esa, barcha sud hukmlari bekor ekanini va prizident, deputatlar tarafidan chiqarilayotgan barcha qonunlar ham, hukumlar ham bekor qilinishini anglatadi. Chunki xalq bilan hokimiyat oʻrtasidagi kelishim yoʻq yoki imzolangan emas yoxud qalbaki…..

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.