Istambul qamoqxonasida qolayotgan oʻzbek mahbuslar

962
0

Istambul qamoqxonasida qolayotgan oʻzbek mahbuslar

IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan Istanbulda yashovchi oʻzbek qochqinlarining bir qanchasi hali ham qamoqxonada saqlanmoqda. Istanbul immigratsiya boshqarmasi tomonidan 12 iyul kuni tayyorlangan 200 oila roʻyxatidan hozirgacha 138 nafar oʻzbek qoʻlga olingan. Politsiya idorasiga olib kelingan 138 kishidan faqat 7 kishi soʻroq qilingan xolos. Xabarlarda aytilishicha, politsiya idorasidan Qumqopi qamoqxonasiga olib kelingan oʻzbeklarning aksariyati ozod qilingan. Ulardan baʼzilariga mamlakatni tark etish sharti qoʻyilgan. Hozirda 17 kishi hibsda qolmoqda.

Faqat barmoq izlari va qon namunasi olinishidan soʻng hech bir tergovga tortilmay, eʼtiborsiz tashlab qoʻyilgan oʻzbeklar oʻzlarining keyingi taqdirini oʻylab bezovta boʻlishmoqda. 2 oydan buyon qamoqda qolayotganiga qaramay, nima asosda qoʻlga olinganliklari haqida ularga maʼlumot ham berilmayapti.

Hibsga olinganlar orasida Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan oʻzbek millatiga mansub 78 yoshli Kulash Mirza Kalkaman ham bor. Yoshi bir joyga borib qolgan onaxon ikki oydan buyon hech bir tergovsiz, Qumqopi politsiya markazida qolmoqda.

Ajablanarli joyi shundaki, “TurkistonDer” jamiyatining Boshoqshahar vakilligi tarafidan tayyorlangan yordamga muxtoj oʻzbeklar roʻyxati hibsga olingan oʻzbeklar roʻyxati bilan bir xil chiqqan. Ayniqsa, yordam roʻyxatiga kiritilgan barcha ayollarning politsiya xodimlari tomonidan hibsga olinishi eʼtiborga molikdir. “Yeni Şafak” gazetasiga intervyu bergan oʻzbeklar oʻz qoʻllari bilan tayyorlagan roʻyxat qayday qilib hibsga olish roʻyxatiga aylanib qolganligidan va qaysi yoʻl bilan politsiya qoʻliga tushib qolganligidan hayron ekanligini aytishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.