Jon Brennan: Asad rejimining qulashini istamaymiz

458
0

Jon Brennan: Asad rejimining qulashini istamaymiz

AQSh hukumati Suriyada Asad rejimining qulashini orzu qilmayapti. Bu haqida AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB)ning bosh direktori Jon Brennan maʼlum qildi.

Suriya masalasiga doir oʻzining bir qator fikrlarini oʻrtaga tashlagan Jon Brennanning taʼkidlashicha, Suriya urushi oqibatida Asad hukumati qulashi mintaqada tartibsiz vaziyatga sabab boʻlishi mumkin. Chunki Asad rejimi qulagandan soʻng uning oʻrnini qanday kuchlar egallashi hanuzgacha nomaʼlumligicha qolmoqda. Aynan mana shu masala Vashingtonni eng koʻp xavotirga solayotgan masaladir.

AQShning xavotirlari juda ham oʻrinli ekanligini qayd etgan MRB bosh direktori “Biz koʻz tikib turgan eng oxirgi narsa qurolli guruhlarning Damashq tarafga qarab ilgarilashidir”, dedi.

Brennan bundan avval qariyb 6 yildan buyon davom etib kelayotgan urush holatidagi Suriyaning yaxlit davlat sifatida saqlanib qolishiga shubha bilan qarashligini bildirgan edi. Kolorado shtatida oʻtkazilgan “Aspen” Xavfsizlik Forumida soʻzga chiqqan MRB direktori bu davr ichida yuz minglagan kishining halok boʻlganligini tilga olib oʻtar ekan, “Suriyaning yaxlit davlat sifatida qolishi borasida optimist boʻlishim mumkin emas. Suriyaning takror oʻziga kelish yoki kelmasligini bilmayman”, degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.