Iydi Qurbon (Iyd al-Azha) muborak boʻlsin
“Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illollohu vallohuakbar, Allohu akbar va lillahil hamd”
Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan Islom dinini gʻolib qilishni hamda ularning ahvolini xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qilgan Allohga hamdu sanolar boʻlsin.
Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd.
Musulmonlarning buyuk bayrami Qurbon hayiti yana huzurimizga kelyapti. Ertaga, dushanba muborak qurbon hayit kuni munosabati bilan barcha Islom ummatini eng goʻzal tabriklar bilan tabriklaymiz.
Biz Ummatni ushbu muborak Qurbon hayiti bilan tabriklayotgan shunday kunda Ummatni chor atrofdan qamrab olgan fojialar koʻpligidan dillarni mahzunlik va gʻam-gʻussa oʻrtamoqda. Zero Xalifalik qariyb bir asrdan buyon mavjud emas. Shuning uchun musulmonlar parchalanib Allohdan, Rosulidan va moʻminlardan hayo qilmaydigan rubayviza hukmdorlar boshqarmoqda. Mustamlakachi kofirlar va ularning ittifoqchilari yurtlarga hamda bandalarga tajovuz qilinayotganini aytmasa ham boʻladi
Ummat har qancha xodisalarni boshdan kechirmasin, biz Alloh Taoloning vaʼdasiga aniq ishonchdamiz. U Zot Oʻz dinini gʻolib qilishni hamda Rosuli sollallohu alayhi va sallamning zolim podshohlikdan soʻng Xalifalik boʻlishi toʻgʻrisida qilgan bashoratlarini roʻyobga chiqarishni vaʼda bergan. Allohdan bunday podshohlikni zavol topishini va Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo boʻlganini oʻz koʻzlarimiz bilan koʻrishimizni soʻrab duo qilamiz, shoyadki bunga juda yaqin boʻlsa.
Ey, Allohim, ey samolarni biz koʻrib turgandek ustunsiz koʻtarib qoʻygan Robbim, bizni kutdirib qoʻymasdan tezroq Xalifalik davlati bilan mukarram ayla. Ey Allohim, roshid xalifaga bayʼat berishni bizlarga nasib ayla. Toki, ushbu xalifa xalqlarni bashariyatga qullik qilishdek ifloslikdan ozod qilsin, bandalarni bandalarga ibodat qilishdan chiqarib, olamlar Robbisi Allohga ibodat qilishga olib chiqsin. Shuningdek, bu xalifa insonlarni bu dunyo torligidan dunyo va oxirat kengligiga, iflos kapitalizm hazorati zulmatidan Islomning adolati va rahmati nuriga chiqarsin.
Biz Qodir Allohdan tez kunlarda bizlarni Oʻz nusrati bilan rizqlantirishi, bizlarni Islom bilan, Islomni bizlar bilan aziz qilishini soʻrab qolamiz. Barchamizga ulugʻ ayyom yana bir bor muborak boʻlsin.
Hizb ut-Tahrir Qirgʻiziston