Omonlik berilgan gʻoyridinni oʻldirish, mol-mulkini talon-taroj qilish haromdir

1005
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Omonlik berilgan gʻoyridinni oʻldirish, mol-mulkini talon-taroj qilish haromdir

Bugun 30 avgust kuni Xiton elchixonasida portlash yuz berdi. Men bunga tahlil bermoqchi emasman, balki shu ishga nisbatan sharʼiy hukmlarni eslatib oʻtmoqchiman.

Har qanday chet el fuqarosi bizning oʻlkalarga qonuniy yoʻl bilan kirgan boʻlsa va ularga omonlik berilgan boʻlsa, ularni hamda mol-mulkini himoya qilish, tinchligini taʼminlash davlat zimmasidagi vojib. Chunki omonlik: zimma (himoya) va ahd berishdir. Rosululloh A shunday dedilar:

“الْمُسْلِمُونَ تَتَكَافَأُ دِمَاؤُهُمْ وَهُمْ يَدٌ عَلَى مَنْ سِوَاهُمْ وَيَسْعَى بِذِمَّتِهِمْ أَدْنَاهُمْ”

“Musulmonlarning qonlari oʻzaro tengdir. Ular oʻzlaridan boshqalarga qarshi bitta qoʻldirlar. Ulardan eng quyi darajadagisi bergan omonlik ham nufuzlidir”.

Hishom bunday dedi: Men Rosululloh Aning shunday deganlarini eshitdim:

“إِنَّ اللَّهَ يُعَذِّبُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الَّذِينَ يُعَذِّبُونَ النَّاسَ فِي الدُّنْيَا”

“Alloh qiyomat kuni dunyoda odamlarni azoblaydigan kimsalarni azoblaydi”.

Amr ibn Maymun Umar ibn Xattobning vafot etishi chogʻida shunday deganini rivoyat qildi: “Mendan keyingi xalifaga falon-falon narsani vasiyat qilaman. Unga Alloh zimmasi va Rosululloh A zimmasini vasiyat qilaman. Ularga (zimmiylarga) ularning ahdlari boʻyicha vafo qilishini, ularni himoya qilib jang qilishni, ularni toqatlaridan tashqari narsaga buyurmaslikni vasiyat qilaman”. Buxoriy rivoyati.

Shuning uchun “Islomiy shaxsiya” 2-chi kitobida:

“Mustaʼmin – omonlik soʻrovchidir. U boshqa yurtga omonlik bilan kiradigan kishidir. U musulmon boʻladimi yoki harbiymi, buning farqi yoʻq. Masalan agar musulmon dorul harbga omonlik bilan kiradigan boʻlsa ulardagi biron narsaga tajovuz qilishi haromdir. Chunki musulmonlar oʻz shartlarida turadilar, yaʼni ularga amal qiladilar. Masalan, agar musulmon odam ularning mol-mulklaridan biron narsani tortib olsa yoki yashirincha yoki oʻgʻirlab olib chiqsa unga ega boʻlishi harom mulk boʻladi. U olgan narsasini ularga qaytaradi. Chunki tortib olingan narsa kimdan tortib olingan boʻlsa oʻshanga qaytariladi. Shuningdek oʻgʻirlangan narsa ham. Ularning barchasi egasiga qaytariladi. U kofir boʻladimi yoki musulmonmi, buning farqi yoʻq. Musulmon kishining kufr yurtlariga omonlik bilan kirishi joiz boʻlganidek harbiyning musulmonlar yurtlariga omonlik bilan kirishi ham joizdir. Chunki Rosululloh A Makka fath etilgan kunda kofirlarga omonlik berib bunday dedilar:

“مَنْ أَغْلَقَ بَابَهُ فَهُوَ آمِنٌ”

“Kim eshigini berkitib olsa u omondadir”. Muslim rivoyati. Paygʻambarimiz A mushriklarning elchilariga omonlik berar edilar va omonlik berilgan kishiga xiyonat qilishni harom qildilar. Abu Saiddan shunday degani rivoyat qilingan: Rosululloh A dedilar:

“لِكُلِّ غَادِرٍ لِوَاءٌ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، يُرْفَعُ لَهُ بِقَدْرِ غَدْرِهِ، أَلاَ وَلاَ غَادِرَ أَعْظَمُ غَدْرًا مِنْ أَمِيرِ عَامَّةٍ”

“Har bir gʻodir (aldamchi gʻaddor) uchun qiyomat kuni bir bayroq boʻladi. U uning qanchalik gʻaddorligiga qarab koʻtariladi. Ogoh boʻlingki, omma amiridan koʻra katta gʻaddorlik qilgan gʻodir boʻlmaydi”. Muslim rivoyati….”

“….Mustaʼmin oʻz joni uchun omonlik olgan boʻlsa bu omonlik uning mollari uchun ham omonlik boʻladi. Garchi ular uchun alohida omonlik olmagan boʻlsa ham. Shuning uchun uning joni qoʻriqlanganidek mol-mulklari ham qoʻriqlanadi. Musulmon odam mustaʼminning mast qiluvchi ichimligiga va toʻngʻiziga talofat yetkazgan boʻlsa, uning qiymatini toʻlaydi. Agar uni bilmasdan, yanglishib oʻldirib qoʻysa diya (xun) toʻlashi vojib boʻladi, qasddan oʻldirsa oʻzi ham oʻldiriladi. Shuning uchun mustaʼminga aziyat yetkazishdan tiyilish lozim. Musulmonni gʻiybat qilish qanday harom boʻlsa, mustaʼminni gʻiybat qilish ham shunday haromdir. Chunki unga ham zimmiyga muomala qilingandek muomala qilinadi. Mustaʼmin dorul Islomda oʻlsa, uning merosxoʻrlari dorul harbda boʻlishsa uning mol-mulki muhofaza qilinadi va merosxoʻrlari bu mol-mulkni musulmonlardan yoki zimmiylardan hujjat bilan olishadi. Chunki u omonlik berilgan moldir. Shuning uchun bu mol uning merosxoʻrlariga topshiriladi.

Xulosa shuki, kimki musulmonlardan omonlik soʻrasa musulmonlarning unga omonlik berishlari joizdir. Bunga dalil Alloh Taoloning ushbu qavlidir:

وَإِنْ أَحَدٌ مِنْ الْمُشْرِكِينَ اسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّى يَسْمَعَ كَلَامَ اللَّهِ ثُمَّ أَبْلِغْهُ مَأْمَنَهُ ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَعْلَمُونَ

“(Ey Muhammad), agar mushriklardan birontasi sizdan himoya soʻrasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. Soʻng uni oʻzi uchun tinch boʻlgan joyga yetkazib qoʻying” [Tavba 6]…” hukmlar tabanniy qilingan. (mufassal oʻrganmoqchilar kitobga murojaat qilishlari mumkin).

Hatto elchilarga nisbatan jinoyat ustida ushlab olinsa ham jazo choralari qoʻllanmaydi, balki ularning jinoyatlari davlat miqyosida hal qilinadi. “Niyatimiz yaxshi”, “gʻoyaga yetish uchun” bahonalar bilan sharʼiy hukmga zid ish qilish mumkin emas.

Shuning uchun: “Islom Konistitutsiya loihasi”ning “7-modda” ye) bandida:

“Davlat bulardan boshqa sharʼiy hukmlarni va muomalot, uqubot (jazo choralari), bayyinot (jinoyatni isbot qilish hujjatlari), boshqaruv va iqtisod nizomlari va boshqalarga oid boʻlgan Islom shariatining hamma ishlarini barchaga – musulmon va gʻayrimusulmonlarga – birdek ijro qiladi. Shuningdek, yuqoridagi hukmlarni raiyyatning har bir shaxsiga ijro qilganidek, muohidlar, mustaʼminlar va Islom hokimiyatiga boʻysunuvchilarning har biriga ham qoʻllaydi. Faqat diplomatik daxlsizlikka ega boʻlgan vakolatxona xodimlari, konsullar, elchilar va shu kabilar bundan mustasno”

178-modda – Gʻoya vositani oqlamaydi, chunki tariqat fikrat jinsidan boʻladi. Vojibga ham, mubohga ham erishish uchun haromni vosita qilinmaydi. Siyosiy vosita siyosat tariqatiga zid boʻlishi mumkin emas, kabilar qabul qilingan.

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.