Turkiya ShHT bilan aloqani kuchaytirmoqchi

548
0

Turkiya ShHT bilan aloqani kuchaytirmoqchi

ShHT matbuot xizmatining xabar qilishicha, iyul oyida mamlakatda roʻy bergan harbiy toʻntaruv harakatidan keyin Turkiya Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) bilan aloqani mustahkamlash niyatida.

Maʼlumki, 16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchilar harbiy toʻntaruv harakatini amalga oshirmoqchi boʻlishdi. Asosiy voqealar Anqara va Istanbulda boʻlib oʻtdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, buning natijasida 246 nafar turk fuqarosi (isyonchilarni hisobga olmaganda) halok boʻlgan, 2 mingdan ortiq kishi turli jarohatlar olgan. Isyon oʻz vaqtida toʻxtatilgan. Turkiya hukumati bu voqeada Fathulloh Gulenni aybdor, deb topishdi va AQShdan uni ekstraditsiya qilishni talab qilishdi. Gulenning oʻzi esa isyonni qoraladi va unga aloqasi yoʻqligini maʼlum qildi.

“Turkiyadagi harbiy toʻntaruv harakati bilan bogʻliq 15-16 iyulь voqealari turk tomonning tashabbusi ostida Mintaqaviy aksilterror tuzilma (MAAT) ijroiya qoʻmitasi direktor oʻrinbosari Chjou Tsin va Turkiyaning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi rahbar oʻrinbosari Erjan Oʻzten oʻrtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi”, – deya maʼlum qildi MATT vakili. Jumladan, turk diplomati harbiy toʻntaruv harakatidan keyingi holat va yangi sharoitlarda turk rahbariyatining faoliyati qanday kechayotganligi haqida maʼlumot bergan.

Oʻztenning soʻzlariga koʻra, “vaziyat tashqaridan davlat toʻntaruv harakati sifatida koʻrinsa-da, Turkiya hukumati uni rasman terrorchilik harakati sifatida koʻrib chiqmoqda, zero hujum uyushtirganlarning asosiy maqsadlari tinch aholi, prezident saroyi, parlament binosi, turli davlat muassasalari, telekompaniyalar va boshqa strategik obʼektlar boʻlgan”.

Turk diplomati terrorchilikka qarshi kurashda barcha mamlakatlar va xalqaro mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan ShHT MATT bilan hamkorlikni kuchaytirish tarafdori boʻlgan Anqaraning pozitsiyasini tasdiqladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.