JINNINI DAVOLASA BOʻLADIMI

1123
0

بسم الله الرحمن الرحيم

JINNINI DAVOLASA BOʻLADIMI

Demokratiya har bir shaxs uchun erkinliklar toʻla taʼminlanishini shart qiladi. Shu yaltiroq soʻz ommani ahmoq qilmoqda. Buni bizga olib kirganlar, shu asosida konstitutsiyamizni tuzishib berishdi. Unda erkinliklar quyidagi:

1) Eʼtiqod erkinligi.

2) Fikr erkinligi.

3) Mulk erkinligi.

4) Shaxs erkinliklarida oʻz ifodasini topgan

 Lekin bu umumiy erkinliklar hamma uchun emas. Masalan; musulmonlar “anʼanaviy Islom” deb nomlashgan, oʻz siyosatlariga moslashtirgan chegaradan chiqishlariga taʼqiqlar qoʻyishadi. Quloq solmasdan, eʼtiqodi boʻyicha yashashda davom etganlarni qamash, quvgʻin qilish yoki ogʻziga “qulf solish” kabi toʻsiqlar qoʻyishadi. Bu gapimizga hizb yigitlarini hamda, ustoz Rashod qori va ustoz Chubak hojilarni, hatto shu yilgi hayt namozini oʻqishda omma musulmonlarni huquqlari toptalganini dalil qilishimiz mumkin.

Ammo geylarga, or-nomusuni sotishga majburan yoki yengiltaklikdan qadam qoʻyganlarga yoki xalqni aldab, mustamlakachi kofirlarga qaram qiluvchilarga erkinliklar kafolatlangan. Chunki bu demokratiya! shunday emasmi?! Xoinlar oʻz xalqiga xiyonat qilishsa, katta yoʻl. Chunki amallarni tekshiradigan oʻlchov “foyda-ziyon”dir, nimani oʻzi uchun foyda deb bilsa, oʻshani qiladi-da. Bitta xoinlik bilan qoʻyilgan imzo uchun yuz minglagan harom pullar kelib tursa, undan voz kechishi ahmoqlik emasmi?! Ularda or-nomus yoki Allohdan qoʻrqish, Qiyomat kuni javob berish, degan gaplar yoʻq, chunki dinni hayotga aralashtirish mumkin emas, shunday emasmi?!

Endi yigitlar erga tegishni xohlashsa, marhamat. Qizlar tanasini sotish yoʻliga yurishsa, kareys yoki xitoylikka turmushga chiqishmoqchi boʻlishsa, bemalol. Chunki bu demokratiyada, sharmandaliklar toʻgʻrisida gapirish qoloqlik, shunday emasmi?! Ammo pedofillar boshni qotirdimi?, ularni qilmishlarini koʻpchilik oʻlimga loyiq deb, qonunga oʻzgartirish kiritishini talab qilishmoqdami?! Ular qayerdan kelishib qolishdi deb oʻylayapsizlarmi? Ular ham boshqalar qatori, oʻz xohishlari boʻlgan yoshlar bilan iflos ishlarini qilishmoqchi-da. Oʻlim jazosini qonunga kiritsak, begunohlarni oʻlib ketishi oʻylantiryaptimi?! Chunki qonunni ijro qiluvchilar ham ishlarini “foyda-ziyon” asosida olib borishadi. Shuning uchun begunohni jinoyatchi qilib, jinoyatchini oqlab qoʻyish odatiy hol boʻlib qoldi-da.

Men hokimiyatdagilarga yoki deputatlarga gapirmoqchi emasman, chunki ular hamma narsani yaxshi bilishadi. Ularning dardi hisob raqamidagi sonni kattartirish, millionlarni milliardlarga yetkazishdir. Agar jinoyatlarining oshkor boʻlishi vaqti kelib qolsa, xalqqa tatbiq qilib kelayotgan  qonunga oʻzlarini topshirishmaydi, balki “akalari”ni oldiga qochib qolishadi. Oʻz xalqi ularni qiziqtirmaydi; begunoh qamalayotganlar, huquqlari boymol boʻlayotganlar, och-yalangʻochlar, yashash sharoitlari qiyin ahvoldagilarning hech qanday ahamiyati yoʻq. Jamiyat qanday ahvolga qarab ketayotgani haqida gapirmasam ham boʻladi. Amerkalik yozuvchi, jamiyatshunos Djek London(1876-1916) aytganidek; ular “kuchli va aqlli” insonlar boʻlib, “demokratiya-ahmoqlar orzusi” deb, oddiy demokratlar ustidan rosa kulishadi va uni “orzu” boʻyicha qolishini xohlashadi.

Bu gapini qayerdan oldi ekan – deb internetni qidirib ovora boʻlmanglar. Oʻzimizni yaqin tarixga bir nazar tashlash kifoya. Mana chorak asrdan buyon “orzular” bilan kunlar, oylar, yillar oʻtmoqda. Prezidentlar almashdi, vazirlar, bosh vazirlar birin ketin oʻzgarmoqda. Deputatlar har xil “qiyim”lar bilan kelishmoqda. Lekin menga aytingchi, nima oʻzgardi?! Toʻgʻri, hammasi ham razil boʻlishib ketishmagan. Haqiqatni izlayotganlari ham oz emas. Masalan: Tursunboy Bakr oʻgʻli Chubak hojini oʻlgunimcha himoya qilaman deb, haqni xalqqa yetkazayotgani uchun jon kuyuktirganini hamma biladi.

Lekin demokratiya deb umri tugab ketayotgan bechoralarning yaqinlariga katta masʼuliyat tushmoqda. Koʻr-koʻrona oshiq boʻlib qolishgan “demokratiya”sini, hayot haqiqatlarini tushuntirish yoru-birodarlarining, yaqinlarining zimmasida. Bas kil!, unga “tupur”, shuncha aldanganing yetar! – deb talab qilishlari, “demokratiya”dan tavba qilgunlaricha ularga qattiq turishi, tezda-tezda ziyoratlar qilib turishi haqiqiy doʻstlik boʻladi. Ammo jinnilik qilib turib olsa, shuncha balolardan keyin ham, dunyodagi siyosiy voqia-hodisalardan, ayniqsa, Suriyada, Misrda demokratiyani basharasi ochilgandan keyin ham, bizga demokratiyasini aldov va kuch bilan tiqishtirayotganlarning qanchalar vahshiy insonlar ekanligi, ular faqat oʻz foydalarinigina koʻzlab yurishlari, foydali deb bilishsa bizlarni ham balolarga hech ikkilanma duchor qilishlari oshkor boʻlganiga qaramasdan demokratiyani tashlamayman deb oyoq tirab turib olsa, undaylarga davo yoʻq.

“Demokratiya”- grekcha soʻz: “demos” – “xalq”, “cratos” – “hokimiyat” degani boʻlib, “xalq hokimiyati” degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatda hokimiyat xalqnikimi?! Xalqning talabi shumi?! Xalq “Kumtordan bizga hech narsa tegmasa ham Kanadaliklar tashib ketaverishsin, foydasini AQSh koʻrsin” demoqdami?! Kun oʻtkazishga hech qanday ish topolmasdan bozorga borib, bir burda non topish uchun xarakat qilayotganlarga yordam berish oʻrniga ulardan soliq olishni xalq talab qilayapdimi?! Gazimizni boshqalarga qoqi bahosida sotib, oʻzimizga qolgan “bormi-yoʻqmi”ning oʻrtasidagi gazga Yevropa narxida toʻlashni yoki 10-15 tiyinga tushayotgan elektor energasiga bir necha bor haq toʻlab rahbarlarni milyarder qilishni xalq xohlamoqdami?! Xalq “Biz boshqa davlatlarga borib qullik qilgimiz kelyapti, ularning haqoratlarini va oilalardan, yaqinlardan uzoqlarda yashashni xohlaymiz, farzandlarimiz koʻchalarda ham katta boʻlib qolishadi” deb, deputatlarni majburlamoqdalarmi?! Geylarni koʻrib, “yangi koʻchat” Gʻarb tomonidan bizlarga ham kelib qolibdi, ularni asrab – avaylaylik, boshqa shahar va qishloqlarga ham koʻpaytirish uchun ularni “huquqlari”ni himoya qilaylik – deb xalq xohlamoqdami?! Islomni qanday boʻlsa, shundayligicha, odamlarni aldamasdan, roʻyi-rost yetkazayotganlarni xalq “terrorist”, “ekstremist” demoqdami, “ularni qamash kerak, aks holda yashash joylarimiz havfli boʻlib qolyapti, xech boʻlmasa ogʻizlariga kulf solish kerak, bizga oʻzinglar ishlab chiqqan qalbaki Islom ham boʻlaveradi, chunki biz qalbaki narsalarga, tashlandiq narsalarga oʻrganib qolgan xalqmiz” – deb xalq talab qilmoqdami?! “Yoshlarimizni maktabdanoq buzuqliklarga koʻniktirib boraylik, voyaga yetishgunlaricha oʻqib, hayotga tayyor boʻlishlari toʻgʻrisida izlanmasanglar ham, hijob kiyishlariga qarshilik qilaylik” – deb ota-onalar majburlamoqdami?! Yoʻq, yoʻq, yoʻq! Bu xalqimizning xohshi emas, albatta. (haqiqatni izlayotganlarga boʻlgan gaplarimizni keyinga qoldiraman).

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.