Rossiyada Hizb yigitlariga nisbatan bosim kundan-kunga kuchaymoqda

420
0

Rossiya federatsiyasining Qrim musulmonlariga, xususan Hizb ut-Tahrir yigitlariga nisbatan quturib hamla qilishi tobora ortib bormoqda. Kuch ishlatish organlari ularning g‘ayratlarini sindirish uchun turli jirkanch uslublardan foydalanishga o‘tishdi. 18 aprel kuni Yalta shahrida joylashgan Krasnokamenka qishlog‘ida o‘tkazilgan tintuvlar ortidan Hizb ut-Tahrirga a‘zolikda ayblanib hibsga olingan Arsen Caparov va Refat Alimov hozirda qattiq bosim ostida qolganligi aytilmoqda.

Advokat Emil Kurbedinovning ma‘lum qilishicha, organ xodimlari Arsen Caparovdan “hamkorlikda ishlash”ni (sotqinlik qilib turishni) talab qilgan. Caparov esa ularning talablarini qat‘iyyan rad etmoqda. Ular esa Caparovni o‘z talablariga bo‘ysundirish uchun birovlarning nomusiga tajovuz qilib qamalganlar bilan bir xonada saqlash yo‘liga o‘tishgan.

“Terrorizmda ayblanib hibsga olingan Qrim tatarlaridan biri Arsen Ceparov qamoqxonada tajovuz jinoyatini sodir etganlar bilan birga saqlanayotganligi aniqlandi. Bularning barchasi Caparovning itoatkor qilish uchun qilinmoqda. Chunki Caparov tergov xodimlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Unga bu xonalarda ibodat qilishga ruxsat berilmaydi”, dedi advokat Emil Kurbedinov.

“Arsen Caparov qo‘lga olinmagan paytda ham bosim ostida bo‘lgan. Shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki, avval u ishdan haydalgan, so‘ngra avtohalokat hodisalari uyushtirilgan. Bularning ortidan esa terrorizmda ayblanib hibsga olindi”, deya qo‘shimcha qildi advokat Kurbedinov.

Ayni paytda Qrimda hibsga olingan Hizb ut-Tahrirning boshqa a‘zolari 26 May Payshanba kuni Rossiyaga olib ketilganligi aytilmoqda. Rostov-na-Donu shahrida joylashgan Shimoliy Kavkaziya harbiy sudida mahkama qarori o‘qib eshittirilgunigacha hali 5 kun bo‘lishiga qaramay, qrimlik musulmonlar Ruslan Zeytullayyev, Rustam Vaitov, Nuri Primov va Ferrat Sayfullayyev Yaroslav viloyatining Rostov shahriga olib ketilgan.

“Ularga bosim o‘tkazish maqsadida muddatidan oldin olib ketildi. U yerning sharoitlari juda og‘ir”, deydi bu haqida bayonot bergan Qrim tatar milliy majlisi markaziy saylov komissiyasinning raisi Zair Smedlayev.

Turkiston: 

Alloh taolo, uning roziligi yo‘lida aziyat chekayotgan barcha mo‘‘min musulmon birodarlarimizdan rozi bo‘lsin!  Bizlarga nusrat ne‘matini tezlatsin! Bizlarni xuddi Rosululloh (sav) va u zotning ashoblari singari, Allohning nusratiga loyiq bo‘lgan hayotda yashab o‘tishga va shu yo‘lda maqsadlarimizga yetgan hollarimizda o‘lim sharbatini totishga nasib etsin!

Minglagan musulmon birodarlarimiz, faqat Allohning shariyatiga teskari bo‘lgan kufr ahkomlariga rozi bo‘lmaganlari uchun qamoqqa olinishayapti, o‘ldirilishayapti, har xil aziyatlar bilan zulmlanishayapti. Ular esa, ustilariga tushib borayotgan aziyatlardan xavotirga tushishgani yo‘q. Balki, bu zulmlar ularning iymonu irodalarini yanada kuchaytirdi. Chunki ular, Payg‘ambarimiz (sav)ning sunnatlari asosida ish olib borayotgan shaxs yoki jamo‘a vakillari, u kishi (sav)ga va sahobalar (ra)ga kelgan zulm va aziyatlardan chetlab o‘ta olmasliklarini yaxshi bilishadi.

 Arsen va Refat birodarlarimizga, shuningdek dunyoning har burchagida dinni oliy qilish maqsadida zulmlanayotgan birodarlarimizga chiroyli sabr tilab qolamiz! Ular o‘z nafslari istirohatini, farzand va umr yo‘ldoshlari muhabbatini, Allohning chaqiruvidan ustun qo‘yishmadi. Kufrning musulmonlar ustida olib borayotgan ochiq zulmlariga qarshi sukut saqlab tura olishmadi. Endi, shu yo‘lda ular tomonidan kelayotgan aziyatlarga chiroyli sabr qilishayapti. Alloh ularni o‘z hifzu himoyasida asrasin va tez kunlarda o‘z nusrati bilan barcha musulmonlarga ofiyat va g‘alaba bersin Omin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.