Xitoy Tojikistonga qo‘shin kiritdi

551
0

 AQSh, Rossiya va Xitoy davlatlari Markaziy Osiyo respublikalari ustidan o‘z ta‘sirini o‘tkazishda o‘zaro raqobatga kirishib, mintaqa ustidan imkon qadar kuchliroq nufuzga ega bo‘lishga intilib kelishmoqda. AQSh minaqa ustidan siyosiy va saqofiy nazorat o‘rnatish harkatida bo‘lsa, Rossiya ularni harbiy jihatdan o‘ziga qaram bo‘lib qolishi uchun jiddiy ish olib bormoqda. Bulardan farqli ravishda iqtisodiy jihatdan olamda yetakchi davlatlardan biri bo‘lgan Xitoy esa ularni iqtisodiy tomondan qaram qilib olish payiga tushib qoldi. O‘zining ulkan iqtisodiy quvvatiga suyangan holda ish olib borayotgan Xitoy hukumati bu mintaqadagi davlatlarni yerlariga ko‘z olaytira boshladi.

 “News-Asia” nashrining xabar qilishicha, Xitoy hukumati Tojikistonning tashqi qarzi evaziga Tog‘li Badaxshon viloyatidagi katta maydon ustidan o‘z harbiy nazoratini o‘rnatdi.

 Nashrning ma‘lum qilishicha, Xitoy hukumati 6 maydayoq Tojikiston hududiga o‘z qo‘shinini kiritishni boshlagan. Tojikiston o‘z hududini Xitoyga berish evaziga tashqi qarzlaridan qutulishni maqsad qilgan. Tojikiston mustaqillikka erishganidan buyon “bahsli hudud” hisoblangan 1,5 ming gektar yerni Xitoyga berib yuborgan. Tojikiston Xitoyga taqdim qilayotgan yerlar asosan markaziy hukumatga muxolif bo‘lgan Tog‘li Badaxshon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

 Aslida Tojikiston hukumati tashqi qarzi evaziga Xitoyga yer berishi haqidagi gap-so‘zlar 2013 yildayoq paydo bo‘lgan, biroq ko‘pchilik bunga jiddiy e‘tibor qaratmagan edi. Oqibat natijada esa tojik hukumati yashash uchun noqulay bo‘lgan baland tog‘li hududlarni Xitoyga berishga qaror qilgan ko‘rinadi. Tojik hukumati nazdida bu yerlar yashash uchun noqulaydek ko‘rinayotgan bo‘lsada, Xitoy bu yerlarni qimmatbaho toshlar, uran va minerallarga boy hudud sifatida ko‘rmoqda.

 Xitoy hukumati Tojikiston tomonidan “in‘om” qilingan yerlarda allaqachon geologik qidiruv ishlarini boshlab yuborgan bo‘lsa, tojik hukumati o‘zining bu qarorini oqlash uchun “Er osti boyliklari to‘g‘risida” qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib xitoyliklarning ishlarini qonuniylashtirib qo‘yishga ulgurdi.

 Iqtisodiy jihatdan Markaziy Osiyodagi eng zaif bo‘lgan Tojikistonning bugungi kunda tashqi qarzi 2 milliard 182 million dollardan oshiq bo‘lsa, tashqi qarzining yarmidan ko‘prog‘i Xitoyga tegishli. Shu sababli ham tojik hukumati nafaqat yerni berib yuboryapti, balki Xitoy kompaniyalari uchun ham o‘z eshigini katta ochib qo‘ymoqda.

 Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Tojikistondagi oltin konlarini yarmidan ko‘prog‘i  o‘zlashtirish uchun Xitoy kompaniyalarga o‘tkazib berilgan. Xitoy kompaniyalari mazkur konlarni 60 foiz aktsiyalariga egalik qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.