Fotih masjidida g‘oyibona janoza namozi o‘qildi

839
0

So‘ngi kunlarda Amerika va Rossiya tarafidan Suriyaning Halab shahri dunyo ko‘z o‘ngida vahshiylarcha qirg‘in qilinmoqda. O‘zlariga “Suriyaning do‘stlari” deb nom qo‘yib olganlar hamda “Suriya xalqi bizga omonatdir” deb jar solayotganlar og‘izlariga qulf solib olishdi. AQSh esa har gal natijasiz yakunlanayotgan Jeneva muzokaralariga Suriya xalqini rozi qilish uchun qirg‘inlarni davom ettirmoqda.

Amerika va Rossiya tarafidan shahid etilgan mazkur Halab xalqi uchun Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyatining tashabbusi bilan Istambuldagi Fotih masjidida g‘oyibona janoza namozi o‘qildi. Janoza namozidan so‘ng Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limining raisi Mahmud Qor nutq so‘zladi. Mahmud Qor o‘zinig nutqida Suriya qo‘zg‘oloniga to‘xtalar ekan, bu qo‘zg‘olon juda ko‘p narsalarni ochib tashlaganligiga e‘tiborni jalb qildi. Halabning qirg‘in qilinishiga jimgina tomoshabin bo‘lib turgan Saudiya, Turkiya va boshqa musulmon hukmdorlardan nega sukut saqlab turishganligini izohlab berishlarini talab qildi.

“Bu qo‘zg‘olon juda muhim narsalarni fosh qildi. Suriyada Amerika va kofir G‘arbning haqiqiy basharasini, ikkiyuzlamachiligini ko‘rdik. Zolim Bashar, Rossiya va AQSh bilan bir safda turgan Eron va uning Hizbulloh partiyasining qotil yuzlarini ko‘rdik. Zaif va mazlum, biroq o‘z e‘tiqodida mustahkam turgan musulmon xalq qarshisida Amerika, Rossiyada va G‘arb davlatlarining ojizligiga guvoh bo‘ldik. Musulmon hukmdorlarining qo‘rqoqligini ko‘rdik. Amerikaning dumiga osilgan Saudiya Arabistoni va Turkiyaning siyosiy muvaffaqiyatsizligini, hattoki xiyonatini ham ko‘rdik. Ey Saudiya Rahbarlari! qani siz barpo qilgan muhtasham Islom armiyasi? Ey Turkiya Rahbarlari! Halab yonginamizda turibdi, ko‘zingiz ko‘rmayabdimi? Nochor qolgan bu xalqning faryodini eshitmayapsizmi”, “Ey Turkiya rahbarlari! Biz yana bir bor, sizga murojaat yo‘llamoqdamiz; Suriya qo‘zg‘olonini yo‘qqa chiqarish uchun Amerika bilan birgalikda harakat, olib borayotganingiz ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Suriya masalasi Amerikaning qo‘lida ekanligini va unga ergashganingizga o‘z og‘zingiz bilan ochiq tan oldingiz. Endi bas, yetar. Suriya xalqining yonida ekanligingizga doir jo‘shqin nutqlaringizni to‘xtating. Halablik bolalar, onalar va muslima ojiza ayollar sizning otashin nutqlaringizga muxtoj emas. Ular sizning armiyangizga muxtoj. Qachon vayronalar ostida qolib vafot etayotgan bolalarga yordam qo‘lini cho‘zasiz? Qachon armiyani harakatga keltirasiz?” deya musulmonlar rahbarlariga murojaat qildi Mahmud Qor.

 “Ba‘zi davlatlarning rahbarlari, siyosiy partiyalar yetakchilari, xalqaro axborot vositalari, jurnalistlar, yozuvchilar, va hatto ba‘zi Islomiy tashkilotlar “Suriyada fuqarolar urushi bo‘lyapti”, deyishmoqda. Yo‘q! Aslo! Suriyada fuqarolar urushi bo‘lmayapti, Suriyadagi urush Islom va kufr o‘rtasidagi urushdir. Suriyada kofirlar Islomga va Musulmonlarga qarshi jang qilishmoqda. Shunday ekan, Islomiy dunyo rahbarlari nima qilishmoqda? Islomiy hamkorlik tashkilotining qo‘lidan biror nima qilish keladimi o‘zi?!”, deya qo‘shimcha qildi Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limining raisi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.