Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti uyushtirgan “Musulmon yoshlar: haqiqiy o‘zgarish yetakchilari” nomli olamiy kampaniya
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti 2016 yil 15 aprelda “Musulmon yoshlar: haqiqiy o‘zgarish yetakchilari” nomli olamiy kampaniyani boshladi. Bu kampaniya hozirda G‘arb hukumatlari va islomiy yurtlardagi rejimlar – butun dunyoning har bir joyida musulmon yoshlarni liberal ilmoniy sistema safiga tortish hamda ularni o‘z islomiy e‘tiqodlari va o‘zliklaridan yiroqlatish uchun – zo‘r berib amalga oshirayotgan olamiy rejalarga qarshi turish uchun o‘tkazilmoqda. G‘arbning bu rejalari turli ko‘rinishlarda ishlab chiqilgan bo‘lib, “ekstremizmga qarshi kurash” programmalarini jadallashtirish mazmunidadir. Bu programmalarda G‘arbdagi va boshqa davlatlardagi musulmon yoshlar nishonga olinmoqda. Bu programmalardan maqsad: Islomiy olamdagi ta‘lim programmalarini va o‘qitish muhitini ilmoniylashtirish, diniy madrasalarni cheklash, ko‘proq G‘arb qiymatlari asosidagi reklamalarni zo‘r berib ko‘paytirish, islomiy olamda g‘arbcha saqofat va hayot tarzini ko‘klarga ko‘tarib maqtaydigan, Islom qiymatlarini esa e‘tiborsiz bir chetga surib qo‘yadigan ommaviy axborot va ko‘ngil ochar programmalari sanoatini rivojlantirishdir. Shu maqsadda hukumatlar hamda ilmoniy muassasalar ba‘zi muayyan islomiy tushunchalar va e‘tiqodlarni xunuk ko‘rsatib ularga zarba berish, ayniqsa musulmon yoshlarga xunuk ko‘rsatish ishlarini amalga oshirmoqda. Bu hech shubhasiz yoshlarning Islom diniga bo‘lgan ishonchlariga putur yetkazish, Islomni ilmoniy asoslarda qayta shakllantirish g‘oyasini qabul qildirish uchun bu yoshlarga bosim o‘tkazish, yoshlarni muayyan islomiy qiymatlar va ahkomlardan voz kechishga majbur qilish uchun bo‘layotgan bir urinishdir. Ular buni islomiy qiymatlar va ahkomlarni ekstremizm hamda terrorizmga bog‘lash orqali amalga oshirishmoqchi. Chunki bu qiymatlar va ahkomlardan Islomga ruhiy va siyosiy din sifatida qaraydigan fikrlar, ayolga taalluqli islomiy ahkomlar, transnatsional Ummat degan tushuncha o‘rin olgan, demokratiyani, ilmoniylikni va G‘arb qiymatlarini rad etish o‘rin olgan. Bu qiymatlar va ahkomlardan Islomdagi jihod tushunchasini qo‘llab-quvvatlash, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini tiklash ham o‘rin olgan. Shuni ham aytish kerakki, Ummat sifatida Islomni tushunish va uni hayotimizga tatbiq qilishdan voz kechgan paytimizda, Islom nizomi va hukmlarini yurtlarimizda tatbiq etishdan voz kechgan paytimizda g‘ayriislomiy, an‘anaviy va liberal fikrlarning uylarimizga, jamoatlarimizga va jamiyatlarimizga kirib kelishiga keng yo‘l ochildi. Oqibatda ko‘p yoshlarimiz yo‘lini yo‘qotib, o‘zlarining kim ekanliklarini bilolmaydigan bo‘lib qolishdi va dinlaridan yiroqlashishdi.
Buning natijasida ko‘plab musulmon yoshlar saflarida imoniy krizis va o‘zlik krizisi ro‘y berdi. Bu yoshlarni G‘arbning hayot tarzi, ilmoniy nizomlari, G‘arbdagilarning fikrlash tarzi, mayl-istaklari, intilishlari va homiyliklari “sehr”lab qo‘ydi. Ko‘pchilik yoshlar Islomga quruq marosimlar va qoidalardangina iborat bo‘lgan bir din, binobarin bu dinning ularning hayotiga yoki olamning hozirgi asrdagi masalalariga hech bir aloqasi yo‘q, degan nazarda qaraydigan bo‘lib qolishdi. Boshqa yoshlar esa o‘zlarining diniy e‘tiqodlaridan norozi bo‘ladigan yoki ular borasida shak-shubhalar bildiradigan bo‘lib qolishdi. Bu ahvol ularni o‘z dinlarini tark qilishlariga olib keldi. Shuning uchun ko‘p musulmon yoshlar G‘arbdagi razolatlardan va mavjud muammolardan ta‘sirlanib qoldi. Bu ham yetmagandek ular jamiyat va Ummat muammolaridan, g‘am-tashvishlaridan, bu muammolar uchun o‘z dinlarida yechim topishdagi mas‘uliyatni ko‘tarishdan yiroqda yashaydigan bo‘lib qolishdi. Bundan tashqari G‘arbning islomiy yurtlarda olib borayotgan mustamlakachilik urushlari, botil kapitalistik nizomlar boshqaruvi, mintaqadagi diktator rejimlar yoshlardan iborat shunday bir zoye bo‘luvchi avlodni paydo qildiki, bu avlod yaxshi hayotdan bahramand bo‘lish yoki iqtisod va ta‘lim sohasidagi intilishlarni ro‘yobga chiqarishdagi har qanday umiddan mahrum bo‘ldi. Bu umidsizlikka sabab zo‘ravonlik, ommaviy tus olgan qashshoqlik, ishsizlik, yomon ta‘lim sistemalaridir. Buning oqibatida ko‘p yoshlar G‘arbda bir boshpana yoki yaxshiroq hayotni topish uchun o‘z islomiy yurtlarini tark qilishga majbur bo‘lishdi. Bu esa mutaxassislarning chet o‘lkalarga chiqib ketishiga olib keldi. Buning oqibatida islomiy olam ana shu yoshlarning mahoratidan, kuchidan, hayotiy jo‘shqinligidan va ijodkorligidan mahrum bo‘ldi.
Hozirgi xavflar va musulmonlarning kelajak avlodi voqesi bu Ummatning va uning dini kelajagining eng dolzarb taqdiriy masalalaridan biridir. Shuning uchun ham bu olamiy kampaniyadan maqsad musulmon yoshlarni ilmoniylashtirishni ko‘zlayotgan olamiy rejalarga to‘siq qo‘yishdir va ilmoniy, kapitalistik hayot tarzining hamda G‘arb nizomlarining musulmon yoshlarga bo‘lgan vayron qiluvchi ta‘sirini yoritib berish va nihoyat Islom nuqtai nazarini yoshlarimizga ko‘rsatib berishdir. Bunday bo‘lishi tabiiy. Zero biz bitta Ummat sifatida zo‘r harakat qilib bu yoshlarni Islom ansorlariga aylantirishimiz mumkin va ularga ishonch urug‘larini ekishimiz mumkin. Ana shunda ular dinlarini nishonga olayotgan hujumlarga qarshi turadigan bo‘ladilar. Biz ularga matlub sifatlarni singdirishimiz mumkin. Shunda ular bu olamda haqiqiy o‘zgarishni amalga oshiruvchi yetakchilarga aylanadilar. Bu kampaniya insha Alloh shu mavzu bo‘yicha may oyida o‘tkaziladigan olamiy ayollar konferentsiyasida o‘z cho‘qqisiga yetadi.
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi
Telefon-faks: 00961 1 30 75 94
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info