Afg’oniston tashqi ishlar vaziri Qirg’izistonga tashrif buyuradi

517
0

Qirg’iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Afg’oniston TIV Salohiddin Rabboniy 28-29 mart kunlari rasmiy safar bilan Qirg’izistonga keladi.

Kutilayotgan tashrif doirasida Rabboniy Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev, Jogorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov, Bosh vazir Temir Sariev qabulida bo’ladi, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Mudofaa kengashi kotibi Temir Jumaqodirov va Iqtisodiyot vaziri Orzibek Ko’joshev bilan uchrashadi.

“Tashrif davomida qirg’iz-afg’on munosabatlarining holati va istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Jumladan, siyosiy muloqotlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo qirg’iz-afg’on komissiyasini tuzish to’g’risidagi ikki tomonlama hujjatni imzolanishi ham rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.