Muslumon birodarimizning ayoli erini qiynoqqa solishayotganini ma’lum qildi

637
0

Natalya Voytenkovaning 24 mart kuni “Ozodlik” radiosi rus xizmatiga ma’lum qilishicha, Pavladar viloyatida joylashgan 162/2 — sonli qamoq kasalxonasida jazo muddatini o’tayotgan turmush o’rtog’i Rafis Galiulinga nisbatan qiynoqlar qo’llanilmoqda. Muslima singlimiz o’z arzini mamlakat prezidenti ma’muriyati, bosh prokuror, IIV, Jazoni ijro etish qo’mitasi va “Nur Otan” partiyasiga qadar etib borishiga harakat qilmoqda.

Qozog’istonda islomiy da’vatni ko’tarib chiqishda Hizb ut-Tahrir safida faoliyat qilgani sababli 2010 yilning avgust oyida 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Rafis Galiulin nohaq tayinlangan jazo muddatini Qarag’anda viloyati Jezkazgan shahridagi qamoqxonada o’tayotgan edi. Ammo qamoqxona ma’muriyati uni e’tiqodidan qaytarish uchun tinimsiz olib borgan qiynoq va bosimlar ortidan sog’lig’ini yo’qotganligi sababli bundan bir oy muqaddam Pavladardagi qamoq kasalxonasiga olib kelingan. Natalya Voytenkovaning so’zlariga ko’ra, uning erini qamoqxona tartibini davomli ravishda buzib kelganlikda ayblab, jazo turi qattiq tartibliga o’zgartirilishi tufayli telefon orqali so’zlashish va uzoq muddatli uchrashuv olish huquqidan mahrum qilingan.

Natalya Voytenkovaning aytishicha, uning eri va boshqa bemor mahbuslarni qamoq ma’muriyatiga xizmat qiluvchi ikki nafar mahbus (loxmach)lar tahqirlab kelmoqda. Eriga ertalab xojatga borishga ruxsat berilmayapti, qamoqxona ovqatini to’liq iste’mol qilib olishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ataylab to’siqlar paydo qilishmoqda, kunduz kunlari esa yotib dam olishga imkon bermay, yurishga majbur qilishmoqda.

45 yoshli Rafisa Galiulinning jazo muddati shu yilning oktyabr oyi boshida tugashi kerak. Biroq Natalya sog’ligiga bog’liq sabablarga ko’ra erining bu vaqtgacha etib bormasligi yoki bo’layotgan bosimlarga qaramay o’z e’tiqodida sobit turgani sababli qamoq muddati qo’shib berilishidan xavotirga tushmoqda.

Turkiston:

Qozog’iston xam, Rossiya, Qirg’iziston singari, qamoqxonadagi maxbuslarni, Sovet ittifoqidan qolgan buzuq sistema uslubida ushlab kelishadi.

Bu sistema, banditlar olami bilan bog’liq bo’lib, ular tomonidan ishlab chiqilgan “o’g’rilar mafkurasi” deb nomlanadigan o’ziga xos tizim vositasida boshqariladi. Ushbu sistema, sovet davlati o’zining dastlabki xukm yurita boshlagan vaqtida, kapitalistik burjuylarga qarshi ko’cha banditlari bilan til biriktirishi oqibatidan paydo bo’lgan. Shu kunga qadar bu banditlar ideyasi vositasida, asosan MXDI (sng)ga a’zo davlatlari, o’zlaridagi bazi qamoqxonalarini nazorat qilib kelishadi.

Qozog’iston xam bundan mustasno emas. Xukumat tomonidan qo’yilgan qamoqxona nazoratchilari, “o’g’rilar ideyasi” boshchilari bilan yashirin xamkorlik qilish asosida, qamoqxonalardagi maxbuslarni boshqarib kelishadi. O’g’rilar, o’zlari uchun davlat tomonidan yaratib beriladigan bir qator imtiyozli sharoitlar evaziga, nazoratchilar uchun ichkarida tartibni saqlab berishadi.

Qamoqxonalar, nazoratchi organlari va ularning ustidagi yuqori ministrliklari uchun juda katta moddiy manfaat keltiruvchi tarmoq bo’lib qolgan. Ular, maxbuslar uchun byudjetdan ajratilgan juda katta mablag’larni o’zlashtirib yuborishadi. O’g’rilar esa, ularning kirdikorlari ochilib ketishi mumkin bo’lgan, maxbuslarning norozichilik xarakatlarini bosib turish bilan ularga xamkorlik qilishadi.Chunki byudjetdan qamoqxona va maxbuslar uchun ajratilgan xarajatlar, maqsadiga muvofiq sarflanmaydi. Ya’ni maxbuslarni ushlab turish uchun belgilangan sarf xarajatlarning to’rtdan bir qismi xam, qamoqxonalarga etib bormaydi. Insonning insoniy darajada ushlab turishi uchun belgilangan oziq ovqat bilan ta’minlab turish uchun atayin me’yor darajasidagi maxsulotlar, maxbuslarga etib bormaydi. Natijada kelib chiqishi mumkin bo’lgan norozichilik kayfiyatidagi xarakatlarni “o’g’rilar ideyasi” vositasida bosib turish kerak bo’ladi. Shu maqsad uchun, sovetlar davridan shu kunlargacha, xokimiyat bilan banditlar o’rtalarida maxfiy xamkorlik bitimi ishlab keladi.

Oxirgi vaqtlarda, buzuqi xukumatlar, o’z ta’sirlari ostidagi o’g’rilarni islomiy mafkuraviy xarakatlarga qarshi qo’yishga xarakat qila boshlashdi. O’zbekistonda, kareys millatiga mansub birodarimiz Yevgeniy Anni xam O’g’rilar ideyasiga roya qilgan maxbuslar urib o’ldirishdi. U birodarimiz qamoqxonada Islom dinini qabul qilib, Xizb ut Taxrir islomiy partiyasiga a’zo bo’lgan edi. Ular, yana bir qator musulmon birodarlarimizga ta’ziyqlar qilishayotgani xaqida ma’lumotlar kelayapti. Endi Qozog’istonda xam yuqoridagi shu kabi xolat yuz berayotgani aytilayapti.

Islom dini, jamiyatimiz eshigi oldiga kelib qoldi. Bizlar, o’g’rilardan yoki iflos uslublarning asoschilari bo’lgan xokimlardan qo’rqmaymiz. Ularga qarshi moddiy xarakatlar olib bormayotganimiz xam ulardan qo’rqayotganimizdan emas. Balki shar’iy xukm,Payg’ambarimiz SAVning siyratlari bilan nozil qilingan bo’lib, biz unga itoat qilishga majbur ekanligimizdan. Lekin maxsus matbuotchi guruxlarimiz tomonidan, xar bir zolim belgilab boriladi. Islom davlati tiklanib, shar’iy xukmlar joriy qilina boshlashi bilan, bu zolimlar, islomiy qozining xukmi bilan albatta shar’iy jazolarini olishadi.

Bugun, qamoqxonada zolimning zulmi ostida turib, adashib borayotgan birodarlarimizga: xali kech emas, o’zliginglarni anglab Islom diniga qaytinglar deymiz. Zolimlardan qo’llaringni tortib, o’z birodarlaringga, xatto g’oyriddin bo’lgan insonlarga xam aziyyat etkazmang. Kufr malaylari bo’lgan insonlar sizlarni arzimas dunyo matoxlari bilan aldab, oxiratdagi abadiy manfaatlaringni kuydirib yuborishmoqchi bo’lishayapti. Tavba qilinglar, ularni bu iflos uslublari sizlarning roziligingsiz va ishtirokinglarsiz amalga oshmaydi. Islom va musulmonlarga yordam bering, ikki dunyo saodatiga etishasizlar. Aks xolda sizdarga xam, shu dunyoda rasvo xayot,oxiratda abadiy do’zox bo’lishi mumkin. Ollox saqlasin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.