«Ekstremistik» saytlarga taqiq qo’yiladi

470
0

Bunday qonun loyihasini 9 mart kuni Jogorku Kenesh birinchi o’qishda ko’rib chiqdi. Transport va aloqa vaziri o’rinbosari Ulan Uezboev ekstremistik materiallarni o’z ichiga olgan saytlarga prokuror ko’rsatmasi bilan 3-5 kun oralig’ida taqiq qo’yilishini aytib o’tdi.

“Ekstremistik materiallarni o’z ichiga olgan saytlar prokurorning ko’rsatmasi bilan sudga qadar vazirlik tomonidan o’chiriladi. Agarda sud ekspertiza to’g’ri chiqarilmaganini aytsa, sayt qayta ishga tushiriladi”,- dedi Uezboev.

Deputatlarning aksari “ekstremistik harakatlarga qarshilik ko’rsatish to’g’risida”gi qonun loyihasini bugungi kunda zarur ekanligini aytib, ikkinchi o’qishga yanada to’ldirish kerak degan fikrlarni bildirishgan.

Turkiston:

Qirg’iziston parlamenti ham, hukumati ham mamlakatda boshqa muammo qolmaganidek asosiy e’tiborini “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi kurashga qaratib kelmoqda. Mamlakatni go’yoki “ekstremistik” va “terroristik” tahdid qoplab olganini ko’rsatish orqali xorijiy davlatlardan yordam va sadaqa pullarini olish ilinjida mavjud bo’lmagan xavfni o’zlari paydo qilayotganlari esa kundek ravshan.

Endilikda mazkur qonun loyihasi tasdiqdan o’tadigan bo’lsa hukumat o’zi uchun istalmagan saytlarni, ular xoh diniy bo’lsin, xoh dunyoviy hech bir to’siqsiz taqiqlab qo’yish imkoniga ega bo’lishadi. Aslida Qirg’iziston parlamenti ham, hukumati ham biror qonun loyihasini ishlab chiqishda bosh qotirib ham o’tirishmaydi, balki Rossiya davlat Dumasi va hukumati qanday qonun qabul qilsa, bular ham o’ylab o’tirmay shunga taqlidan qonun ishlab chiqish payiga tushib qolishadi. Bu qonun loyihasi ham aynan Rossiya talabi bilan ishlab chiqilmoqda.

Bunday deyishimzga sabab avvalroq, Yevroosiyo kiberxavfsizlik tashkiloti (Moskva) o’z veb-saytida Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev va MDH davlatlarining boshqa rahbarlari nomiga yo’llangan murojaatida: “Yevroosiyo davlatlari bilan virtual chegaralarni yopish, g’arbning Google va Facebook kabi yirik qidiruv tizimi va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklashni” taklif qilgan, Viber, WhatsUp va Telegram internet-telefon xizmatlarini esa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilayotgan Skype izidan borishga chaqirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.