Papa Frantsisk Yaqin Sharqdan Yevropaga oqib kelayotgan qochqinlar oqimini “Arab istilosi”, sifatida baholadi. Yevropa mamlakatlarida tug’ilish darajasining pasayishidan arz qilgan Papa yuzaga kelgan inqirozdan faqatgina oila masalasini muhim o’ringa qo’yish bilangina qutulish mumkinligini ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqining qochqinlar inqirozi uchun echim topish munozarasiga katoliklarning ruhoniy rahbari papa Frantsisk ham ishtirok etdi. Qochqinlar inqiroziga doir Vatikanning “Osservatore Romano” nashriga intervyu bergan papa Frantsisk Yaqin Sharqdan Yevropaga oqib kelayotgan muhojirlar oqimi “ijtimoiy haqiqat” ekanligini ma’lum qildi.
“Bugun biz Arab istilosi haqida gapirishimiz mumkin”, “Yevropa tarixi davomida necha marotaba istiloga duch keldi?”, dedi Frantsisk.
Yevropa davlatlaridagi tug’ilish darajasining pasayib ketganligiga e’tiborni jalb qilgan Frantsisk Ispaniya va Italiyada tug’ilish darajasi nolga yaqinlashib qolganligiga urg’u berdi. Papaning alohida ta’kidlashicha, bu inqirozdan chiqishining birdan bir yo’li oila qurish masalasini birinchi o’ringa qo’yish bilangina mumkindir.
“Biz insoniy inqirozga e’tiborsiz qolishimiz mumkin emas”, “Yevropa davlatlari faqat birlashgan xollaridagina ko’chmanchilar inqirozini bartaraf eta olishlari mumkin”, “Yevropa milliy, siyosiy o’yinlar va kichik hisoblarga taslim bo’lmasligi kerak”, “Muzokara stoliga qaytish juda muhimdir. G’alaba qozonish uchun ba’zi kichik narsalarni yo’qotishga tayyor bo’lishimiz lozim”, degan so’zlarni aytib o’tdi u o’zining nutqida.