Anqarada Xalifalik sadolari samolarga yuksaldi

431
0

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan poytaxt Anqarada tashkil etilgan “Xalifalik xom hayolmi yoki yaqin kelajakmi?” nomli xalqaro konferentsiya juda ko’p insonlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Jonli efir orqali butun dunyoga namoyish qilib turilgan konferentsiyaga dunyoning turli mintaqalaridan kutilganidan ham ortiq insonlar tashrif buyurdilar.

Soat 13:30da boshlanishi rejalashtirilgan konferentsiya kutilmagan ba’zi sabablarga ko’ra (ya’ni politsiya kuchlarining xavfsizlik nazoratlari tufayli) 14:15da Qur’on Karim tilovati bilan boshlandi. Biroq tashkilotchilarning (Alloh ulardan rozi bo’lsin) jiddiy harakatlari tufayli konferentsiya hech bir kamchiliksiz, munosib shaklda o’z vaqtida yakun topdi.

Konferentsiya Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari janob Mahmud Qorning ochilish nutqi bilan boshlandi. Undan so’ng so’zga chiqqan Aqso masjidining imom xatibi Shayx Issam Amira Islom davlatining qulashi sababli bir asrga yaqin yahudiylarning oyog’i ostida qolib ketgan Falastin muammosiga to’xtaldi. Avstraliyadan tashrif buyurgan ustoz Ismoil Vahvah esa Xalifalik davlatining tiklanishi bilan nafaqat musulmonlar, balki kapitalizmning zulmidan aziyat chekayotgan butun insoniyat najot topishiga urg’u berdi. Hizb ut-Tahrir – Indoneziya viloyatining rasmiy notig’i Ismoil Yusanto birinchi Xalifalik davlati Fors imperiyasi va Vizantiyani tor-mor qilgani kabi ikkinchi roshid Xalifalik davlati ham Amerika va Yevropaga haddini bildirib qo’yishini aytib o’tdi.

Shuningdek barcha so’zga chiqqanlar ummatning dolzarb muammolarini tilga olishdi. Ular Konferentsiyaga hozir bo’lganlarga va dunyodagi barcha musulmonmonlarga, xususan harbiylarga xitob qilib ikkinchi roshid Xalifalikni tiklash uchun o’z hissalarini qo’shishga chaqirdi. Konferentsiya ishtirokchilari darhol yuksak sadolar ila bunga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Konferentsiya Abdulloh Imomo’g’lining jo’shqin nutqi va ta’sirli duolari bilan yakunlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.