Roya gazetasi: Sisiy: «Terrorizm» qudratini sindirdik, biroq katta muammolarga hamon duch kelmoqdamiz

532
0

Sisiy: «Terrorizm» qudratini sindirdik, biroq katta muammolarga hamon duch kelmoqdamiz

O’tgan shanba Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiy parlamentda chiqish qilib, Misr kishini tashvishga soluvchi katta muammolarga duch kelayotganini aytdi. Lekin buning muqobilida, Misr terrorizm qudratini sindirishga va mislsiz yutuqlarga erishishga muvaffaq bo’lganini ham ta’kidladi. Parlamentdan misrliklarga murojaat qilib, «Vatanimiz duch kelayotgan muammolardan xavotirlanish va qo’rquvga tushish turgan gap. Biroq misli ko’rilmagan yutuqlar ko’lami esa orzu-umidni muqarrar va milliy burchga aylantirib qo’ydi», dedi. Sisiyga ko’ra, Misr «butun yurtni boshboshdoqlik va tartibsizlikka giriftor qiladigan» qaqshatqich terrorga yuz tutdi. Iqtisod haqida so’z yuritar ekan, o’zi hokimiyatga kelgan paytda boshlagan ulkan loyihalari haqida so’zladi. Biroq uning aytishicha, bu loyiha natijalari ro’yobga chiqishi uchun vaqt kerak. (Hurra sayti).

Roya gazetasi sharhi:

Hech shubha yo’qki, Sisiy har bir muxolifiga qarshi kurashishda hamda xalqning uning siyosatiga qarshi harakatga kelishini oldini olishda terrorizmga qarshi kurashdan qurol sifatida foydalanmoqda. U amerikalik xo’jayinlarining mintaqada olib borayotgan siyosatlariga ergashib shunday qilmoqda. Mag’lubiyatlarni yutuq qilib ko’rsatayotgan, yurt boyliklarini talon-taroj qilib, fuqaroni qashshoqqa aylantirish siyosatini buyuk loyiha, deb atayotgan islomiy yurtlardagi boshqa hukmdorlar qatori, Sisiy ham iqtisodiy vaziyatning yaxshilanib borayotgani, o’zining «uddaburon» siyosati samaralari vaqt o’tib ko’rinajagi haqida gap sotmoqda!! Hammaga ma’lumki, bu kimsa hokimiyatdalik paytida odamlar xavfsizlikdan umid uzdilar, uning politsiyachilikka asoslangan siyosati natijasida jamiyatda qo’rquv-xavotir hukm surmoqda, davlat byudjetidagi kamomad ortgandan ortib ketdi, iqtisod vayron bo’ldi, ishsizlik darajasi oshdi. Shuningdek, bu kimsa Efiopiya uchun Misr va Sudan ahli zarariga Nil suvlaridan voz kechdi… Allohning diniga jur’at qilishdan tap tortmaydigan Misr hukmdorlari va ularning jarchilari soni ortib ketdi, G’azo ahliga qarshi urush ko’lami ham, yahudiylar davlati bilan kelishish darajasi ham, Amerika siyosatiga tiz cho’kish ham… battar ortdi. Shularning hammasidan keyin yana u yuzsizlarcha yutuqlar haqida gapirmoqda!!

Roya gazetasining 2016 yil 17 fevral chorshanba kungi 65-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.